О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. UGLEVODLAR
Ishning bajarilishi. Buning uchun 6 ta toza yuvilib quritilgan probirka olib,
ularning har biriga jadvalda ko'rsatilgandek eratmalar aralashmasadan quyiladi. 1-jadval Jelatinaning izoelektrik nuqtasini aniqlash
Probirkalardagi eritmalar aralashmasining umumiy hajmi bir xilda, ya'ni 8 ml ga teng. So'ngra 4-probirkadagi aralashma ustiga chayqatganda ham sezilar - sezalmas loyqa hosil bo'lguncha 96% li spirtdan sekin-asta tomiziladi. Qolgan probirkalarga ham xuddi 4-probirkaga solingan miqdorda spirt quyiladi va 20—30 daqiqa tinch saqlanadi. So'ngra probirkalarda hosil bo'lgan loyqa darajasi aniqlanadi. Qaysi bir probirkada kuchli loyqa hosil bo'lgan bo'lsa, o'sha probirkadagi muhitning pH i jelatinaning izoelektrik nuqtasiga tegishli bo'ladi va jadvalning oxirgi katagiga plyus (Q) yoki minus ( - ) belgilari qo'yiladi. Qaysa bir probirkada quyuq loyqa kuchli
hosil bo'lgan bo'lsa, 2 ta yoki Z ta plyus belgisini ham qo'yish mumkin. Olingan natijalar daftarga yozib qo'yiladi va tegishli xulosa chiqariladi.
Uglevodlar o'simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan organik birikmalardir. Biosferadagi boshqa hamma organik birikmalarni birgalikda hisoblaganda ham uglevodlar ko'plik qiladi. Bunga sabab α-glyukozaning polimerlari — kraxmal, sellyuloza va glikogenlarning juda keng tarqalganidir. Uglevodlar turli-tuman vazifalarni bajaradi, ba'zilari moddalar almashinuvi prosessida energnya manbai bo'lib xizmat qilsa, boshqalari ho'jayraning eng muhim komponentlari — nuklein kislotalar va kofermentlar tarkibiga kiradi. Ko'pchilik murakkab uglevodlar o'simlik va bakteriyalar hujayra qobiqlarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi va hayvonlar organizmida oqsillar bilan birgalikda hujayralararo bo'shliqlarni to'ldiradigan sementlovchi modda vazifasini bajaradi. Uglevodlar uch gruppaga bo'linadi: 1. Monosaxaridlar yoki monozalar. 2. Oligosaxaridlar (bulardan tabiatda ko'proq disaxaridlar uchraydi). 3. Polisaxaridlar — monosaxaridlar asosida hosil bo'lgan yuqori molekulyar biologik polimerlar. 23
Monosaxaridlar — eng oddiy uglevodlar bo'lib, tuzilishi va xossalari jihatidan aralash funksiyali birikmalardir. Ular molekulasida bir vaqtning o'zida gidroksogruppa va aldegid yoki keton gruppalari bo'ladi. Shu sababli ular ichki poluasetallar hosil qilib, ochiq zanjirli va siklik ko'rinishlarda uchraydi. Monosaxaridlarning siklik
ko'rinishdagi poluasetal yoki glyukozid gidroksogruppa molekuladagi boshqa gidroksogruppalardan farq qiladi, ular fazoviy joylashuviga qarab α - va β - ko'rinishga ega bo'ladi. Monosaxaridlar molekulasida erkin aldegid gruppa bo'lgani uchun ular qaytaruvchi xossasi ega. Ularning shu xossasidan foydalanib, biologik ob'yektlardagi shakar sifat va miqdoriy jihatdan aniqlanadi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling