Ishning bajarilishi. Tekshirilayotgan eritmadan 2 ml yoki tarkibi uglevodli
qattiq moddadan 0,1 g olib, 1 ml suvda eritiladi, ustiga α - naftolning 10% spirtli
eritmasidan 2 tomchi tomiziladi va probirka devoridan ohistalik bilan 1 ml
konsentrlangan H
2
SO
4
quyiladi. Sulfat kislotaning zichligi katta bo'lgani uchun
probirka tagiga cho'kib, suyuqlik ikki qavatga bo'linadi. Xuddi shu ikki kavat
chegarasida binafsha rang (xalqa) hosil bo'ladi.
2-tajriba. Fruktozani rezorsin yordamida aniqlash. Fruktozaga xlorid kislota
qo'shib qizdirilganda oksimetilfurfurol hosil bo'ladi, bu mahsulot rezorsin bilan
pushti-qizg'ish rangli kompleks hosil qiladi. Bu reaksiya ketogeksozalarni
aldogeksozalardan farqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |