О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
KRAXMALNI AMILAZA TA'SIRIDA GIDROLIZ QILISH
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
12.KRAXMALNI AMILAZA TA'SIRIDA GIDROLIZ QILISH.
Kerakli reaktiv va asboblar: 1.Ferment shirasi; 2. Suyultirilgan so'lak aralashmasi; 3. 1% li kraxmalning 0,3% li osh tuzidagi eritmasi; 4. yodning kaliy yodiddagi eritmasi; 5. Feling suyuqligi; 6. Probirkalar; 7. Pipetkalar; 8. Suv hammomi; 9. Voronka; 10. Filtr qog'ozi; 11. Stakan; 12. Termometr; 13. Shisha tayoqcha; 14. Shisha plastinka; 15. Shtativ. Kraxmal (C 6 H
O 5 ) — uglevodlar orasida eng muhim ahamiyatga ega bo'lgan polisaxaridlardan biri bo'lib, oziq-ovqat mahsulotlarining un, guruch, kartoshka va boshqalar asosini tashkil etadi. Hayvon organizmida kraxmal so'lak tarkibidagi a m i l a z a deb ataluvchi ferment ta'sirida maltozagacha parchalanadi. Kraxmalning parchalanishi bir necha reaksiyalardan iborat bo'lib, u ovqat hazm qilish kanallarida shakargacha parchalanib, ichak orqali qonga o'tadi. Amilaza fermenti donli o'simliklar urug'larining unish paytida ko'p miqdorda hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan ferment urug' tarkibidagi kraxmalni maltozagacha parchalaydi. amilaza
Kraxmal Maltoza Kraxmal yuqori molekulali polisaxarid bo'lib, o'zida erkin aldegid turkumini tutmaydi. Shuning uchun ham, u Trommer va Felint reaksiyalarini bermaydi. Ammo, kraxmalning amilaza fermenti ta'sirida parchalanishidan hosil bo'lgan maltoza, Trommer va Feling reaktivlari bilan ijobiy reaksiya beradi. Kraxmal parchalanishidan hosil bo'lgan va o'zining ximiyaviy tuzilishi jihatidan kraxmalga yaqin bo'lgan dekstrinlar, yod eritmasi bilan ko'k rang beradi. Parchalanish jarayonida ximiyaviy tuzilishi jihatidan kraxmaldan uzoq bo'lgan dekstrinlar ham hosil bo'ladi, ammo ular yod eritmasi bilan qiizil-qo'ng'ir rang beradi. Kraxmal parchalanishida maltozaga yaqin past molekulyar moddalar ham hosil bo'ladi, lekin ular yod bilan rangli reaksiya bermaydi. Kraxmalning parchalanish reaksiyasini so'lak tarkibidagi amilaza fermenti yordamida kuzatish mumkin. So'lak tarkibida amilaza fermentidan tashqari, maltozani parchalovchi m a l t a z a fermenti ham bo'ladi. Maltozaning ferment
29
ta'sirida parchalanish reaksiyasini quyidagicha ifodalash mumkin: maltaza
Maltoza Glyukoza Hosil bo'lgan glyukoza Trommer reaksiyasi yoki Feling suyuqligi yordamida aniqlanadi. Kraxmalni kislota yordamida gidrolizga uchratish yo'li bilan ham glyukoza hosil qilish mumkin. Ammo glyukoza hosil bo'lishida ayrim farqlar bor: 1. Agar ferment ishtirokida boradigan reaksiyalar past haroratda — 40°S atrofida borsa, anorganik katalizator yordamida boradigan reaksiyalar ancha yuqori harorat ostida boradi. 2. Fermentlar o'ziga xoslikka ega, ya'ni har bir ferment ma'lum bir ximiyaviy moddaga ta'sir qiladi, masalan, amilaza fermenti kraxmal va unga yaqin bo'lgan glikogenga ta'sir qilib, ularni maltozagacha parchalaydi. Kislotalar esa faqat kraxmalni glyukozagacha parchalabgina qolmay, balki oqsil molekulasini ham parchalaydi. 3. Fermentlar muhitdagi vodorod ionlari konsentrasiyasiga nisbatan sezuvchan — o'zgaruvchan bo'ladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling