Ishning bajarilishi. Toza yuvib quritilgan pro-birkaga 2—3 tomchi paxta yoki
kungaboqar moyidan solib, uning ustiga pichoq uchida 0,2—0,3 g kaliy gidrosulfat
tuzi qo'shiladi va elektr plitkada quyuq oq bug' chiqqunga qadar qizdiriladi. O'tkir
qo'lansa hidning (ehtiyotkorlik bilan hidlang!) paydo bo'lishi, akrolein hosil
bo'lganligidan dalolat beradi.
b) MOYLARNING RANGLI REAKSIYALARI
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. Paxta yoki kungaboqar moyi; 2. 1 % li osmiy
kislota; 3. Chinni kosacha; 4. Mikroskopning buyum oynasi.
Ishning bajarilishi. Mikroskopning buyum oynasi ustiga yoki chinni
kosachaga 1— 2 tomchi moy tomizib, uning ustiga osmiy kislotaning 1% li
eritmasidan 1 tomchi tomizilsa, qora rang hosil bo'ladi. Osmiy (VIII)-oksid (OsO
4
)
kuchli oksidlovchi xossaga ega bo'lganligidan u yog'lar bilan shiddatli reaksiyaga
kirishadi. Natijada moy oksidlanadi, osmiy (VIII)-oksid esa qaytarilib, qora tusli
osmiy (IV)-oksid OsO
2
ga o'tadi. Olingan natija daftarga yozib olinadi.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |