17.YOG'LARNING KISLOTA SONINI ANIQLASH
Kerakli asbob va reaktivlar: analitik tarozi, penisillin idishi, 100 ml
li Eylenmeyer kolbasi, mikrobyuretka, neytrallangan 1:1 nisbatli spirt-efir
aralashmasi, fenolftaleinning spirtdagi 0,1% li eritmasi, kaliy gidroksidning spirtdagi
0,1 n eritmasi.
Boshqa fizik-ximiyaviy ko'rsatkichlar qatori yog'larning kislota sonini aniqlash
ham katta ahamiyatga ega. Agar yog' yaxshi pishib yetilgan urug'lardan olingan
bo'lsa, erkin yog' kislotalar oz, pishmagan urug'lardan olingan bo'lsa, ko'p bo'ladi.
Yog' uzoq saqlangan bo'lsa, gliseridlar qisman gidrolizlanib erkin yog' kislotalar
to'planishiga olib keladi. Yog'lardagi erkin kislotalar miqdorini ifodalovchi
ko'rsatkich kislota soni deb ataladi. 1 g yog'dagi erkin yog' kislotalarini neytrallash
uchun sarf bo'lgan kaliy gidroksidining mg miqdori yog'larning kislota sonini
belgilaydi. Yog'ning kislota soni qancha yuqori bo'lsa, sifati shuncha past bo'ladi.
Yog'larning kislota sonini aniqlash yog'lardagi erkin yog' kislotalarini 0,1 n
KON bilan titrlashga asoslangan. Titrlash uchun albatta kaliy gidroksiddan
foydalanish kerak, chunki hosil bo'ladigan kaliyli sovun tajriba sharoitida suvda
yaxshi eriydi.
Yod soni =
35
Do'stlaringiz bilan baham: |