О=сил ва ларга хос рангли реакциялар


Permanganat  eritmasini   tayyorlash   va uning titrini mis orqali aniqlash


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/103
Sana09.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#267874
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
biokimyo

Permanganat  eritmasini   tayyorlash   va uning titrini mis orqali aniqlash 

 

 



5  g  KMnO

4

  olib,  1  l  hajmdagi  o'lchov  kolbasida,  oldindan  qaynatilgan 



distillangan  suvda  eritiladi.  Agar  eritma  tagida  cho'kma  hosil  bo'lsa, u  filtrlanadi  va 

eritma o'zidan yorug'likni kam o'tkazadigan rangli shisha idishlarda yoki qora qog'oz 

bilan o'ralgan idishlarda saqlanadi. 

 

Permanganat titrini aniqlashda oksalat kislotadan yoki shu kislotaning natriyli, 



ammoniyli  tuzlaridan  foydalaniladi.  Qayta  kristallangan  oksalat  kislotaning  natriyli 

tuzidan 0,20 - 0,25 g olib, 200— 250 ml hajmdagi chinni kosaga solinadi va 50 - 100 

ml  distillangan  suvda  eritiladi.  So'ngra  uning  ustiga  1—2  ml  konsentrlangan  sulfat 

kislotadan  solib,  eritma  suv  hammomida  60—80°S  gacha  qizdiriladi.  Chinni 

kosadagi  eritma  harorati  70°S  ga  yetganda  mikrobyuretka  yordamida  KMnO

4

 



eritmasi  bilan  och  pushti  rang  hosil  bo'lguncha  titrlanadi.  Titrlash  davrida  chinni 

kosadagi  eritmaning  harorati  60—80°S  atrofida  bo'lishi  kerak.  Titrlanayotgan 

eritmaning  haroratini  nazorat  qilib  turishda  va  byuretkadan  tushayotgan  KMnO

4

 



eritmasini har doim aralashtirib turishda termometr ishlatiladi. 

 

Reaksiya quyidagi tenglamaga muvofiq sodir bo'ladi: 



 

Agar  titrlash  uchun  natriy  oksalat  olingan  bo'lsa,  reaksiya  tenglamasini 

quyidagicha ifodalash mumkin: 

 

Yuqoridagi reaksiya tenglamasidan 5 mol oksalat kislotaga 2 mol permanganat 



to'g'ri  kelganligi  ko'rinib  turibdi. Biz    yuqorida    ko'rib    o'tgan ikkinchi  reaksiyada 2 

mol  permanganatga  10  mol  temirning,  birinchi  reaksiyada  2  mol  temirga  2  mol 

misning  to'g'ri  kelganligini  ko'rgan  edik. Demak,  bundan  1  mol  oksalat  kislotaga,  2 

mol temir to'g'ri keladi degan xulosa chiqarish mumkin. 

Agar permanganat titrini aniqlash uchun olingan natriy oksalatning molekulyar 

massasi  134  ga  teng  bo'lsa,  unga  2  mol  mis  to'g'ri  keladi  desak,  quyidagi  natijani 

olamiz: 

 



 

52 


 

Olingan  natriy  oksalatning  miqdorini  topilgan  ana  shu  koeffisiyentga 

ko'paytirilsa,  1  ml  permanganatga  to'g'ri  keladigan  mis  miqdorini  topgan  bo'lamiz. 

Agar  olingan  natriy  oksalatning  miqdori  0,2345  g  bo'lsa,  u  holda  mis  miqdori 

0,2345X0,964*0,2261 g bo'ladi. 

8-j a d v a l 

Mis milligrammlariga teng bo'lgan eruvchan shakarlar miqdori 

(Bertran bo'yicha) 

 

 

Topilgan bu sonni, titrlashda   ketgan   permanganat miqdoriga  bo'lsak,   1   ml  



permanganatga to'g'ri  keladigan mis miqdorini topgan bo'lamiz, 0,2261 : 22*0,01028 

g yoki 10,28 mg. 




 

53 



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling