27. SIYDIK MINERALLARINI ANIQLASH
Bir kunlik siydikda 12—25 g mineral modda bo'ladi. Ular anionlardan xlorid,
sulfat, fosfat (digidrofosfat, gidrofosfat) karbonat va kationlardan kaliy, natriy, kalsiy
va hokazolar holida bo'ladi. Kalsiy va magniy tuzlari erigan va erimagan holda
uchraydi. Siydikdagi fosfor birinchi o'rinni olgan natriy digidrofosfat, natriy
gidrofosfat, kalsiy digidrofosfat holida ajratiladi.
Bolalar siydigining mineral tarkibi kattalarnikidan deyarli farq qilmaydi.
Ayrim kasalliklarda (harorat ko'tarilganda, rak kasalligida, ozib ketish —kaxeksiya)
xloridlarning organizmda ushlanib qolishi va boshqa o'zgarishlar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |