Xloroform; 4. Efir; 5. Benzin yoki kerosin; 6. Uglerod (IV) xlorid — CCl
eritmasi; 11. Sovun eritmasi; 12. Shtativ; 13. Probirkalar; 14. Pipetkalar; 15. Suv
olib, ularning har biriga 5—6 tomchidan yog' tomiziladi. So'ngra, birinchi probirkaga
2—3 tomchi benzin yoki kerosin, ikkinchisiga benzol, uchinchisiga xloroform,
to'rtinchisiga uglerod (IV)-xlorid, beshinchisiga efir, oltinchisiga esa spirt solib,
yog'larning bu erituvchilardagi eruvchanligi kuzatiladi. Olingan natijalar asosida
50
xulosalar qilinib daftarga yozib olinadi.
II. 6 ta probirka olib, ularning har biriga 4—5 tomchidan yog' va 2 ml dan
distillangan suv qo'yiladi. So'ngra, birinchi probirkaga oqsil eritmasi, ikkinchisiga
kaliy gidroksid, uchinchisiga soda, to'rtinchisiga sovun eritmasi, beshinchisiga esa
4—5 tomchi distillangan suv solinadi. Oltinchi probirkaga (kontrol) hech qanday
boshqa narsa qo'shilmaydi. So'ngra hamma probirkalarni qisqa muddatga suv
hammomidagi issiq suvga tushiriladi. Probirkalar suv hammomidan olinib,
aralashmalar yaxshilab chayqatilib, shtativga qo'yiladi va emulsiyaning hosil bo'lish
jarayoni kuzatiladi. Oxirgi probirkadan tashqari, hamma probirkalarda turg'un
emulsiya hosil bo'lganligini ko'rish mumkin. Olingan natijalar daftarga yozib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: