1- tajriba. Geller reaksiyasi.
Ishning bajarilishi. Probirkaga 0,5—1 ml konsentrlangan nitrat kislota quyib,
uning ustiga ehtiyotkorlik bilan probirka devori bo'ylab teng hajmda insulin eritmasi
qo'shiladi. Probirkadagi qavatlarga bo'lingan suyuklik aralashib ketmasligi kerak. Bu
vaqtda har ikkala qavat chegarasida yupqa halqa ko'rinishidagi oq amorf cho'kma
hosil bo'ladi.
2-tajriba. Biuret reaksiyasi. Probirkaga 0,5—1,0 ml insulin eritmasidan quyib,
uning ustiga teng hajmda 10% li o'yuvchi natriy va 1— 2 tomchi 1% li mis sulfat
eritmasidan qo'shib chayqatiladi. Probirkadagi suyuqlik binafsha rangga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |