О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
OQSILLARNING IZOELEKTRIK NUQTASINI ANIQLASH
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
8.OQSILLARNING IZOELEKTRIK NUQTASINI ANIQLASH
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili yoki jelatinaning 1% li eritmasi; 2. 0,1 va 1 n li asetat kislota eritmasi; 3. 0,2 n li asetat kislotaning natriyli tuzi; 4. 96% li etanol; 5. Pipetkalar; 6. Probirkalar; 7. Shtativ.
Ma'lumki, polipeptid zanjirida aminokislotalar bir-biri bilan amino- va karboksil gruppalari orqali birikkan bo'ladi. Ammo, uning tarkibida ma'lum miqdorda ishqor xususiyatli erkin amino- va kislota xususiyatiga ega bo'lgan erkin karboksil gruppalar mavjud. Oqsil molekulasida shu gruppalarning bo'lganligidan, ular amfoter xossaga ega bo'ladi, ya'ni oqsil eritmasi ikki xil zaryad ( Q ) va ( - ) li bo'ladi.
Agar n>m bo'lsa, oqsil zarrachasining yi?indi zaryadi manfiy, agar n bo'ladi. Bir vaqtda ham manfiy, ham musbat tutgan nonni a m f i o n deb ataladi. Eritmadagi vodorod ionlar konsentrasiyasini, ya'ni muhit pH ni o'zgartirish tufayli oqsil tarkibidagi amin va karboksil gruppalarining dissosilanishini kuchaytirish yoki kamaytirish mumkin.
Agar oqsil eritmasiga suyultirilgan kislota qo'shilsa, oqsil musbat zaryadlanib, elektromagnit maydonida katod tomon boradi.
Bipolyar Kation Oqsil ioni Agar oqsil eritmasiga ozroq miqdorda ishqor qo'shsak, oqsil tarkibidagi asosli gruppalarning dissosiyalanishi kamayib, u manfiy zaryadga ega bo'ladi va elektromagnit maydonida anod tomonga harakat qiladi.
Bipolyar Aanion Oqsil ioni Demak, muhit pH ni o'zgartirish bilan oqsil molekulasi zaryadlarini ham o'zgartirish mumkin. Ammo, eritma pH ko'rsatkichining ma'lum chegarasida muayyan oqsil molekulasining umumiy zaryadi neytral bo'lib qolishi ham mumkin. Bunday paytda, oqsil na anod, na katod tomonga harakatlanmasdan qoladi. Bu holatni izoelektrik holat yoki bu pH ko'rsatkichni i z o – e l ye k t r i k n u q t a deb ataladi. Oqsillar izoelektrik nuqtada beqaror bo'ladi va osonlikcha cho'kmaga tushadi. Shunga asoslanib, turli biologik aralashmalardan oqsillarni ajratib olishda ularni izoelektrik nuqtasida cho'ktirish eng qulay usul hisoblanadi.
22
Oqsillarning izoelektrik nuktasini aniqlashni jelatina misolida ko'rish mumkin.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling