Ishning bajarilishi. 1 ml dezoksiriboza yoki DNK eritmasiga 2 ml
difenilamin eritmasi qo'shiladi, so'ngra 10 minut qaynatiladi. Bu vaqtda reaksion
aralashma barqaror ko'k rangga kiradi.
10.MONOSAXARIDLARNING QAYTARUVCHANLIK XOSSALARI
Kerakli asbob va reaktivlar: 1; 2; 5 ml li pipetkalar, suv hammomi, 50 ml li
byuretka, probirka, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, 1 % li glyukoza eritmasi, 1 % li
laktoza eritmasi, 1% li maltoza eritmasi, Nilander reaktivi, Feling suyuqligi, Barfed
reaktivi.
Monosaxaridlar ishqoriy muhitda og'ir metall gidroksidlarini, masalan, mis
(II)-gidroksidni mis (I)-oksidga, vismut oksidini metall holatgacha, kumush
gidroksidni erkin kumushgacha qaytarish xossasiga ega. Bu reaksiyalar
monosaxaridlarni sifat va miqdoriy jihatdan aniqlashda qo'llaniladi. Tarkibida erkin
aldegid gruppa bo'ladigan disaxaridlar — maltoza, laktoza va sellobiozalar ham
qaytaruvchi xossaga ega. Bu shakarlarning oqsidlanishi ishqoriy muhitda oson,
iyeytral sharoitda qiyinroq, kislotali sharoitda esa juda qiyin boradi.
25
1-tajriba. Trommer reaksiyasi. Monosaxaridlar ishqoriy muhitda mis (II)-
gidroksidni mis (I)- oksidgacha qaytaradi, bu reaksiya natijasida reaksiya uchun
olingan aldozalarga to'g'ri kelgan kislotalar hosil bo'ladi:
d-glukoza α-glukonat kislota
Reaksiya mahsuloti sifatida qizil rangli mis (I)-oksid hosil bo'ladi. Bu
reaksiyaning kamchiligi shundaki, agar tekshirilayotgan eritmada shakar juda oz
bo'lsa, ortiqcha miqdorda hosil bo'lgan mis (II)-gidroksid qizdirilganda parchalanib,
qora rangli mis (II)-oksidiga aylanadi. Natijada juda oz miqdorda hosil bo'lgan qizil
rangli mis (I)-oksid sezilmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |