О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
Ishning bajarilishi. Ikkita probirka olib, ularga 5 ml kraxmal eritmasidan
solinadi. So'ngra probirkalardan biriga 3 ml distillangan suv, ikkinchisiga 3 ml suyultirilgan so'lak yoki ferment shirasidan qo'shib 37°S li suv hammomiga qo'yiladi va vaqt-vaqti bilan shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi. Ikkita shisha plastinka olib, ularning ustita (5—6 joyga) yod eritmasidan 1—2 tomchidan tomiziladi. Vaqt- vaqti bilan probirkalardagi aralashmadan 1 tomchidan olib, shisha plastinkadagi yod tomchilar i ustiga tomizib turiladi. Reaksiyaning dastlabki davrlarida har ikkala probirkadan olingan aralashma tomchilari yod bilan ko'k rang beradi. Oradan 15—20 daqiqa o'tishi bilan ikkinchi probirkadan olingan aralashma tomchisi yod bilan qizil-qo'ng'ir rang beradi. Ma'lum vaqt o'tishi bilan esa aralashma yod bilan hech qanday rang bermaydi. Birinchi probirkadan olingan aralashma tomchisi esa butun tajriba davomida yod bilan ko'k rang beradi. Ikkinchi probirkadan olingan aralashma tomchisining yod eritmasi bilan bo'yalmasligi, kraxmalning amilaza fermenti ta'sirida, maltozagacha parchalanganligidan dalolat beradi. Maltozaning hosil bo'lganligini Trommer va Feling suyuqligi bilan reaksiyalar o'tkazish orqali ham kuzatish mumkin. Ferment solinmagan probirkada esa bu reaksiyalar qayd qilinmaydi. Tajriba natijalari daftarga yozib olinadi va undan tegishli xulosalar chiqariladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling