Ishning bajarilishi. Kolbaga 3 g maydalangan o'simlik materiali va 50 ml
1% li H
2
SO
4
quyib qaytar sovitkich o'rnatib, moy hammomida 145°C da 30 minut
davomida gidroliz qilinadi. Hosil bo'lgan gidrolizatga (2—3 g) bariy karbonat
qo'shib, 15 minut davomida qaynayotgan suv hammomida qizdirish yo'li bilan
sulfatlar va karbonatlardan tozalanadi. Aralashma filtrlanib, filtrat bug'latilib, hajmi
kamaytiriladi. Olingan eritmani hayvon ko'miri bilan ishlanadi. Filtratga uch baravar
hajmda etil spirt quyilib, galakturonat kislota cho'ktiriladi. Cho'kma ajratib olinib,
suvda eritiladi va ortiqcha miqdordagi qo'rg'oshin asetat bilan aralashtiriladi.
Aralashma suv hammomida qbzdirilganda galakturonat kislota bo'lsa, g'isht-qizil
cho'kma hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |