13.PEKTIN MODDALARNI SIFAT JIHATIDAN ANIQLASH
Kerakli asbob va reaktivlar: 100 ml li qizdirishga chidamli kolba, qaytar
sovitkich, 145°C li moy hammomi, texnik tarozi, suv hammomi, voronka, filtr
qog'oz, o'lchov silindri, 1; 2 ml li pipetkalar, 96% li H
2
SO
4
ning 1 % li eritmasi, bariy
karbonat kukuni, hayvon ko'miri, etil spirt, qo'rg'oshin asetat.
Pektin moddalar o'simliklarda keng tarqalgan yuqori molekulyar birikmalar
bo'lib, galakturon kislotaning metil efirining polimeri hisoblanadi. Molekulyar
og'irligi 50000—300000 gacha. Pektin moddalarning asosini poligalakturonat kislota
yoki pektat kislota tashkil qiladi. Bu moddalar o'simlik hujayralarida sementlovchi
modda hisoblanadi va o'zining gbdrofil xossasi bilan o'simliklarni qurib qolishidan
saqlaydi, turgor holatini ta'minlaydi.
Tajriba. Galakturonat kislotani ajratib olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |