2-tajriba. Yod sonini aniqlash. Ikkita 50 ml li quruq kolba olib, birinchisiga
0,1—0,2 g tekshiriladigan yog' solinadi. Ikkinchisiga 0,1—0,2 ml suv quyiladi.
YOg'ni eritish uchun har ikkala kolbaga 10 ml dan absolyut spirt quyiladi, yog'
yaxshi erimasa uni suv hammomida bir oz isitiladi. Ikkala kolbaga 10 ml dan
yodning spirtdagi 0,1 n eritmasidan quyib, ustiga 10,1 ml dan distillangan suv
qo'shiladi va kolba probkasi berkitib yaxshilab chayqatiladi. 5 minut o'tgach,
kolbadagi suyuqlik 0,1 n tiosulfat eritmasi bilan och sariq rangga kirguncha, so'ngra 1
ml kraxmal eritmasidan qo'shib, ko'k rang yo'qolguncha titrlanadi.
Kontrol va tajriba uchun sarflangan 0,1 n tiosulfat eritmalari hajmlarining farqi
olingan moyning yod soniga to'g'ri keladi. Iod soni quyidagi formula bo'yicha
hisoblab topiladi:
bu yerda: V1—kontrol titrlash uchun sarflangan 0,1 n tiosulfat eritmasining ml
miqdori; V2— tajriba uchun ketgan 0,1 n tiosulfatning ml miqdori; 0,127 —
tiosulfatning yod bo'yicha titri; a — olingan yog'ning miqdori (g).
Do'stlaringiz bilan baham: |