19.STERINLAR VA STERIDLAR
Sterin va steridlar siklopentanopergidrofenantrenning hosilalari bo'lib, o'simlik
va hayvonot dunyosida keng tarqalgan. Sterinlar ximiyaviy tarkibi jihatidan
to'yinmagan siklik spirt bo'lib, tabiatda erkin hamda yuqori yog' kislotalar bilan
bergan efirlari holatda uchrashi mumkin. Sterinlar ajratib olingan manbalariga qarab,
hayvon sterinlari — zoosterinlar va o'simlik sterinlari — fitosterinlarga bo'linadi.
Birinchisiga xolesterin, ikkinchisiga ergosterin misol bo'ladi. Sterinlar suvda
erimaydi, ular xloroform, efir, benzol va hamda issiq spirtda oson eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |