Ishning bajarilishi. Ajratib olingan lesitin cho'kmasidan probirkaga ozgina
solib, uning ustiga 3—4 ml 10% li o'yuvchi natriy eritmasidan quyiladi va 15 minut
qaynayotgan suv hammomida qizdiriladi. Natijada lesitin tarkibiy qismlarga
parchalanadi.
Gidrolizatdan 1 ml dan olib, boshqa probirkaga quyiladi, qolganini 10% li HCl
yordamida nordonlashtiriladi. Bu vaqtda lesitin tarkibidagi yog' kislotalar cho'kadi.
Cho'kma filtrlab olinadi. Filtrat bilan gliseringa xos reaksiya qilinadi. Buning uchun
filtrat fenolftalein ishtirokida 10% li o'yuvchi natriy eritmasi bilan neytrallanadi.
Neytrallangan aralashma suv hammomida quritiladi. quritblgan massa ustiga ozgina
KHSO
4
kukuni sepib, aralashma suyuqlanguncha gaz alangasida qizdiriladi.
qizdirilganda akroleinga xos «oshqozon hidi» keladi.
Gidrolizatdan olib, qoldirilgan alikvotni gaz alangasida qizdiriladi. Bu vaqtda
«tuzlangan baliq hidi» keladi. Bu hid xolinning parchalanishidan hosil bo'lgan
trimetilaminga xos hiddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |