v) BOSH MIYA TO'QIMASIDAGI FOSFATIDLARNI ANIQLASH
Kerakli asbob va reaktivlar: probirka, termometrli suv hammomi yoki suvli
termostat, shisha tayoqcha, filtr qog'oz, gips, etil spirt, aseton, kadmby xloridning
spirtdagi eritmasi, formalinda fiksasiya qilingan miya.
Miya to'qimasi fosfatidlarga boyligi bilan boshqa to'qimalardan ajralib turadi.
Bu to'qimadagi fosfolipidlarni aniqlash uchun ularni avval ajratib olish kerak. Buning
uchun avval miya to'kimasi suvsizlantiriladi, so'ngra fosfatidlar spirt yordamida
ekstraksiya qilinadi. Spirtli ekstraktdan fosfatid (lesitin) ni aseton yoki kadmiy xlorid
yordamida cho'ktirib olish mumkin.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |