Ishning bajarilishi: quruq probirkaga diametri 5—6 mm kattalikdagi miya
bo'lakchasi solib, ustiga shuncha miqdorda gips qo'shiladi. Probirkaga 7— 8 ml etil
spirt quyib, shisha tayoqcha yordamida maydalanadi. Probirkani 3—5 minut
davomida 50° li suv hammomiga qo'yiladi. Tayyor bo'lgan spirtli ekstraktni 3 ta
probirkaga har biriga 0,5—1 ml dan suyuqlik o'tguncha filtrlanadi. Birinchisiga teng
miqdorda suv, ikkinchisiga asetoi va uchinchisiga kadmiy xlorid qo'shiladi.
Probirkalarda fosfatidlar cho'kmasi hosil bo'lishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |