BIOLOGIK MATERIALDAN XOLESTERIN AJRATIB OLISH VA UNGA
XOS SIFAT REAKSIYALARI
Kerakli asbob va reaktivlar: quritkich shkaf, hovoncha, shpatel, pichoq yoki
skalpel, probirkalar, voronka, filtr qog'oz, shisha plastinka (10X10 sm li), gips,
xloroform, muz-sirka kislota, sirka angidrid, konsentrlangan sulfat kislota, xoleste-
rinning muz-sirka kislotadagi 0,1% li eritmasi, xolesterinning xloroformli ekstrakti
(avvalgi ishda olingan), maydalangan miya.
Xolesterin birinchi marta o't toshidan ajratib olingan, o't toshining 90%
xolesteringa to'g'ri keladi. Hayvon organizmi quruq massasining 0,25—0,3% ni
xolesterin tashkil etadi. Nerv to'qimasi xolesteringa boy bo'lib, uning nam
massasining 2—3% bosh miya kul rang moddasining 0,9—1,4%, oq moddasining esa
4—5,3% xolesterindir.
Xolesterin ximiyaviy tarkibi jihatidan to'yinmagan siklik spirt bo'lib, kuchli suv
tortib oluvchi moddalar ta'sirida osongina suv yo'qotib, to'yinmagan siklik birikma —
xolesteringa, oksidlanish yo'li bilan kondensasiyalanib yashil rangli bixolestadiyenga
aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |