1-tajriba. XOLESTERINGA XOS SALKOVSKIY REAKSIYASI.
2 ta probirka olib, biriga 1 ml xloroform ekstrakti, ikkinchisiga xolesterinning
1%li eritmasidan quyiladi. Har ikkala probirkaga teng hajmda konsentrlangan sulfat
kislota quyiladi. Ikki kavat chegarasida qizil halqa hosil bo'ladi. Probirkadagi
suyuqlik ohistalik bilan chayqatilib tindirilsa, ustki qavat qizil rangga, pastki qavat
esa yashil fluoressensiyali to'q sariq rangga kiradi. Agar pastki qavatiga muz-sirka
kislota qo'shilsa, suyuqlik fluoressensiyasi saqlangan holda pushti-qizil rangga
bo'yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |