О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
22. GLYUKOPROTEINLAR
Glyukoproteinlar tarkibida polisaxaridlar ko'rinishidagi uglevodlar bo'ladigan murakkab oqsillardir. Ular to'liq gidrolizlanganda aminokislotalar, geksozaminlar, geksozalar va glyukuron kislota hosil bo'ladi. Glyukoproteinlar organizmning barcha to'qima va suyuqliklarida uchraydi va ular umumiy nom bilan mukoid va musinlar deb yuritiladi. Musin so'lak bezlari sekretlarida uchrab, oziqlik massaning og'izdan oshqozonga o'tishida ovqat hazm qilish yo'lini mexanik jarohatlanishidan saqlaydi. Mukoidlar suyak (ostemukoid), tog'ay (xondromukoid), biriktiruvchi to'qima (tendomukoid) va boshqa joylarda uchraydi. Glyukoproteinlar suvda erimaydi, ishqorlarda yaxshi eriydi. Glyukoproteinlar eritmalari qaynatilganda iviqqa aylanmaydi. Glyukoproteinlarning prostetik gruppasi mukopolisaxaridlar deb ataladi. Mukopolisaxaridlarga gialuronat, xondroitin-sulfat kislotalar va geparin kiradi. Gialuronat kislota biriktiruvchi to'kima, ko'zning shoh pardasi, shishasimon tana va boshqa joylarda ko'p uchraydi. Xondroitin-sulfat kislota tog'ay va biriktiruvchi to'qima tarkibiga kiradi, geparin esa jigar va o'pka to'qimasidan ko'p topilgan.
42
Mukopolisaxaridlar gidrolizlaganda glyukozamin, asetil-glyukozamin yoki asetilgalaktozamin, glyukurolat va sulfat kislotalar hosil bo'ladi:
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling