Ishning bajarilishi. 2 ml sut olib, teng miqdordagi distillangan suv bilan
suyultiriladi va uning ustiga 2 tomchi 10% li sirka kislota qo'shiladi. Kazeinning
pag'a-pag'a cho'kmasi paydo bo'ladi, cho'kma filtrlab olinib, distillangan suv bilan
yuviladi. Cho'kmadan ozgina miqdorda olib oqsilga xos rangli reaksiyalar qilish
(biuret, Millon, Adamkevich, Ksantoprotein va boshqalar) uchun ishlatiladi.
b) KAZEINNI GIDROLIZ QILISH VA GIDROLIZATDAGI FOSFAT
KISLOTANI ANIQLASH
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shisha nay o'tkazilgan probka,
asbest to'r, shtativ, gaz gorelkasi, voronka, filtr qog'oz, kazein kukuni, natriy
gidroksidning 10% li eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota, molibden reaktivi.
Ishning bajarilishi. 100 mg kazein kukuni 3 ml 10% li o'yuvchi natriy
eritmasida eritiladi. Probirkani shisha nay o'tkazilgan probka bilan (sovitgich sifatida)
berkitiladi va asbest to'r bilan jihozlangan shtativga mahkamlab, qizdiriladi (7-rasm).
1 soatdan keyin gidroliz to'xtatiladi va suyuqlik filtrlab olingach, filtrdan 2—3
tomchi olib, unga 1 ml molibden reaktivi qo'shib qizdiriladi. Limon sarig'i rangli
ammoniy-fosfomolibdat cho'kmasi hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |