О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
Ishning bajarilishi. Tajriba ikki variantda olib boriladi: a) ikkita probirka olib,
ularning har biriga 2 ml dan vitamin shirasi solinadi. Birinchi probirkaga 5—6 tomchi vodorod peroksid tomizib, 1—2 daqiqa davomida qaynatiladi. Ikkinchi probirkadagi vitamin shirasi oddiy xona haroratida tutiladi. Birinchi probirkani olovdan olib sovitiladi va har ikkala probirkaga ham xlorid kislotaning 10% li eritmasidan 1—2 tomchidan tomizib, aralashma chayqatiladi, so'ngra probirkalardagi aralashma och pushti rangga kirguncha 2,6- dixlorfenolindofenol eritmasi bilan titrlanadi. Birinchi probirkada (qaynatilgan probirkada) 1—2 tomchi indikator tomizish bilan och pushti rang hosil bo'ladi. Bu askorbin kislotaning vodorod peroksid ishtirokida, yuqori harorat ta'sirida parchalanganligi sababli 2,6-dixlorfenolindofenolning qaytarilishi yuz bermaydi. Ikkinchi probirkada esa askorbin kislota borligi tufayli och pushti rangning hosil bo'lishi 2,6 - dixlorfenolindofenolning ko'proq sarflanishi bilan sodir bo'ladi.
Probirkada och pushti rangning hosil bo'lishi, askorbin kislotaning to'la oksidlanganligidan yoki 2,6-dixlorfenolindofenolning to'la qaytarilganligidan dalolat beradi.
b) probirkaga 1—2 ml filtratdan olib, uning ustiga bir tomchi qizil qon tuzining to'yingan va temir (III)-xloridning 1% li eritmasidan qo'shib chayqatilsa, probirkadagi aralashma ko'k rangga bo'yaladi. Bu askorbin kislotaning qizil qon tuzi — K 3 qFe(CN) 6 g` ta'sirida oksidlanganligini va qizil qon tuzining qaytarilib, sariq qon 47
tuziga — K 4 qFe(CN) 6 g` o'tganligini ko'rsatadi. Hosil bo'lgan sariq qon tuzi esa temir (III)-xlorid bilan berlin zangorisini beradi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling