О=сил ва ларга хос рангли реакциялар


GORMONLARGA XOS REAKSIYALAR


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/103
Sana09.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#267874
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103
Bog'liq
biokimyo

GORMONLARGA XOS REAKSIYALAR 

OSHQOZON OSTI BEZINING GORMONI — INSULINGA XOS REAKSIYA 

 

Kerakli  asbob  va  reaktivlar:  probirkalar,  pipetkalar,  konsentrlangan  nitrat 

kislota, insulin erntmasi (ampulalarda), o'yuvchi natriyning 10% li eritmasi, mis (II)-

sulfatning 1% li eritmasi, fol reaktivi. 

Oshqozon  osti  bezi  —  Langergans  orolchalarining  β-hujayralari  ishlab 

chiqqan, gormonal aktivlikka ega, oqsil tabiatli modda insulin (latincha  — insula — 

orol)  deb  ataladi.  Langergans  orolchalarining  α-hujayralari  esa  glyukagon  gormoni 

ishlab chiqaradi. 

Insulin  o'z  molekulasida  2  ta  polipeptid  zanjirini  tashkil  qiluvchi  51  ta 

aminokislota qoldig'i (A— zanjir 21 ta aminokislota qoldig'idan, B — zanjir esa 30 ta 

aminokislota  qoldig'i)  dan  tarkib  topgan.  Insulinning  molekulyar  massasi  5733  ga 

teng. 


Insulin  uglevod  almashinuviga  har  tomonlama  ta'sir  ko'rsatadi.  Uning  asosiy 


 

49 


roli  uglevodlar  almashinuvida  namoyon  bo'ladi:  insulin  hujayralar  membranasining 

glyukozaga nisbatan o'tkazuvchanligini oshiradi, glyukokinaza fermentini aktivlaydi, 

glikolitik  fermentlar  biosintezini  induksiyalaydi,  glikogen  sintezini,  pentoz  siklini 

stimullaydi. Insulin ta'snrida oqsillar va uglevodlardan lipidlar sintezi tezlashadi. 

Insulin oqsillarga xos barcha sifat reaksiyalarni beradi. 


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling