О=сил ва ларга хос рангли реакциялар


Gormonlar ximiyaviy tabiatiga ko'ra 4 gruppaga bo'linadi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/103
Sana09.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#267874
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
Bog'liq
biokimyo

Gormonlar ximiyaviy tabiatiga ko'ra 4 gruppaga bo'linadi. 

1. Peptid va oqsil tabiatli gormonlar. Bularga oshqozon osti bezi, qolqonsimon bez va 

qolqonsimon  oldi  bezida,  gipotalamus,  gipofiz  va  ovqat  hazm  qilish  organlarining 

shiliq  pardalarida  ishlab  chiqariladigan  gormonlar  —  paratgormon,  tireokalsitonin, 

insulin,  glyukagon,  tiroliberin,  lyuliberin,  somatostatin,  oksitosin,  vazopressin, 

somatotropin 

adrenokor-tikotropin, 

tireotropin, 

gonadotropin, 

melanositlarni 

stimullovchi  gormon,  gastrin,  sekretin,  pankreozimin,  xolesistokinin,  enterogastron 

va villikininlar kiradi. 

 

2.  Aminokislota  tabiatli  va  ulardan  hosil  bo'lgan  gormonlar.  Bularga  asosan 



qolqonsimon bez va buyrak usti bezining mag'iz qismida ishlab chiqaradigan tiroksin

di-, triyodtirozin, adrenalin va noradrenalin kiradi. Bu gruppaga ximiyaviy tarkibi va 

tuzilishi  jihatidan  aminokislotalarning  hosilalariga  o'xshash  bo'lgan  fitogormonlarni 

ham kiritish mumkin. 

 

3.  Steroid  gormonlar.  Bu  gruppaga  kiruvchi  gormonlar  buyrak  usti  bezining 



po'st  kismida,  urug'donlar,  tuxumdonlar  va  ba'zi  bir  boshqa  organ  va  to'qimalarda 

ishlab  chiqariladi.  Bu  moddalar  uchun  umumiylik  shuki,  ularning  molekulalarining 

hammasida  siklopentano-pergidrofenantren  yadrosi  bor.  Ulardan  eng  muhimlari 

kortikosteron, 

gidrokortizon, 

kortizon, 

u-dezoksikor-tikosteron, 

aldosteron, 

testesteron, estradiol va progesteronlardir. 

4. 


Yog' 

kislotalaridan 

hosil 

bo'luvchi 



gormonlar. 

Bu 


gormonlar 

prostaglandinlar  deb  xam  nomlanadi,  ximiyaviy  tarkibi  jihatidan  to'yinmagan  yog' 

kislotalari  oisoblanadi.  Bu  gormonoid  moddalar  ko'pchilik  organlar  va  to'qimalarda 

hosil bo'lib, haqiqiy gormonal ta'sirga ega emas. Hozirgi davrda prostaglandinlarning 

ximiyaviy tabiati, biosintezi va moddalar almashinuvidagi roli keng o'rganilmoqda. 

Quyida  gormonlar  gruppalarining  eng  muhim  vakillarining  fizik-ximiyaviy 

xossalariga to'xtalib o'tiladi. 

 


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling