О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Permanganat eritmasini tayyorlash va uning titrini mis orqali aniqlash
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
Permanganat eritmasini tayyorlash va uning titrini mis orqali aniqlash
5 g KMnO 4 olib, 1 l hajmdagi o'lchov kolbasida, oldindan qaynatilgan distillangan suvda eritiladi. Agar eritma tagida cho'kma hosil bo'lsa, u filtrlanadi va eritma o'zidan yorug'likni kam o'tkazadigan rangli shisha idishlarda yoki qora qog'oz bilan o'ralgan idishlarda saqlanadi.
Permanganat titrini aniqlashda oksalat kislotadan yoki shu kislotaning natriyli, ammoniyli tuzlaridan foydalaniladi. Qayta kristallangan oksalat kislotaning natriyli tuzidan 0,20 - 0,25 g olib, 200— 250 ml hajmdagi chinni kosaga solinadi va 50 - 100 ml distillangan suvda eritiladi. So'ngra uning ustiga 1—2 ml konsentrlangan sulfat kislotadan solib, eritma suv hammomida 60—80°S gacha qizdiriladi. Chinni kosadagi eritma harorati 70°S ga yetganda mikrobyuretka yordamida KMnO 4
eritmasi bilan och pushti rang hosil bo'lguncha titrlanadi. Titrlash davrida chinni kosadagi eritmaning harorati 60—80°S atrofida bo'lishi kerak. Titrlanayotgan eritmaning haroratini nazorat qilib turishda va byuretkadan tushayotgan KMnO 4
eritmasini har doim aralashtirib turishda termometr ishlatiladi.
Reaksiya quyidagi tenglamaga muvofiq sodir bo'ladi: Agar titrlash uchun natriy oksalat olingan bo'lsa, reaksiya tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Yuqoridagi reaksiya tenglamasidan 5 mol oksalat kislotaga 2 mol permanganat to'g'ri kelganligi ko'rinib turibdi. Biz yuqorida ko'rib o'tgan ikkinchi reaksiyada 2 mol permanganatga 10 mol temirning, birinchi reaksiyada 2 mol temirga 2 mol misning to'g'ri kelganligini ko'rgan edik. Demak, bundan 1 mol oksalat kislotaga, 2 mol temir to'g'ri keladi degan xulosa chiqarish mumkin. Agar permanganat titrini aniqlash uchun olingan natriy oksalatning molekulyar massasi 134 ga teng bo'lsa, unga 2 mol mis to'g'ri keladi desak, quyidagi natijani olamiz:
52
Olingan natriy oksalatning miqdorini topilgan ana shu koeffisiyentga ko'paytirilsa, 1 ml permanganatga to'g'ri keladigan mis miqdorini topgan bo'lamiz. Agar olingan natriy oksalatning miqdori 0,2345 g bo'lsa, u holda mis miqdori 0,2345X0,964*0,2261 g bo'ladi. 8-j a d v a l Mis milligrammlariga teng bo'lgan eruvchan shakarlar miqdori (Bertran bo'yicha)
permanganatga to'g'ri keladigan mis miqdorini topgan bo'lamiz, 0,2261 : 22*0,01028 g yoki 10,28 mg. |
ma'muriyatiga murojaat qiling