Yarim o'tkazgich xususiyatiga ega bo'lgan sun'iy xaltacha tayyorlash uchun
toza yuvib quritilgan keng hajmli probirkaga 4 - 5 ml kollodiy eritmasidan solinadi.
Kollodiy eritmasini probirka devoriga bir tekis yuqtirish uchun probirka qiya tutilgan
holda aylantiriladi va kollodiyning ortiqcha qismi boshqa probirkaga quyib olinadi.
Probirkaga yuqtirilgan kollodiy eritmasining bir joyda to'planib qolmasligi uchun
probirkaning og'iz tomoni pastga qaratilgan holda bir tekis aylantirilib turiladi.
51
Probirka devoriga yuqtirilgan kollodiyning qurishi bilan unga yana 4—5 ml shu
eritmadan solib, probirka devoriga ikkinchi marta yuqtiriladi va qaytadan quritiladi.
So'ngra, probirkaga distillangan suv solinib, devorga yuqtirilgan parda sekin-
asta undan ehtiyotkorlik bilan ajratib olinadi. Probirka devoriga qoplangan kollodiy
qopchasining yirtilmasdan butun holda ajralib chiqishi uchun probirka devori bilan
pardacha orasiga distillangan suv quyish kerak. Ajratib olingan qopchaning qurib
qolmasligi uchun u xar doim suvda saqlanishi kerak. Suvda saqlangan xaltacha ancha
vaqtgacha ishga yaroqli holda bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: