Moyni tozalash.
Buning uchun 200—250 g paxta yoki kungaboqar moyidan olib, ajratkich
vorokkaga solinadi. Uning ustiga 2% li natriy gidroksid eritmasidan 100 ml solib,
voronkadagi eritma chayqatiladi va ma'lum bir vaqt tinch qoldiriladi. So'ngra
voronkaning pastki qismidagi natriy gidroksid boshqa idishga olinib, voronkada
qolgan moy distillangan suv bilan neytral holatga kelguncha bir necha marta yuviladi.
Keyinchalik esa moyni suvsizlantiriladi. Buning uchun moy kalsiy xlorid solingan
kolonkadan o'tkaziladi. Shu usulda tayyorlangan moy tozalangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |