О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
25.GORMONLAR
Sut emizuvchi hayvonlarning endokrin bezlari to'g'ridan-to'g'ri qonga ajratadigan, yuqori darajadagi biologik aktivlikka ega bo'lgan moddalarni 1905 yili E. N. Starling gormonlar (yunoncha «hormoa»— qo'zg'ataman degan ma'noni anglatadi) degan nom bilan atashni taklif etadi. Gormonlar turli-tuman ximiyaviy tuzilishga ega bo'lgan moddalar bo'lib, ular moddalar almashinuvining ta'siri orqali butun tirik organizmlardagi o'sish, rivojlanish va shu singari hayotiy prosesslarni boshqarib turadi. Gormonlar informasiyalarni hujayraga tashuvchb ximiyaviy vositachi sifatida ham xizmat qiladi. Gormonlar turli-tuman prosesslarga plazmatik membranalar orqali ionlar tashilishidan tortib to genom transkripsiyasigacha ta'sir ko'rsata oladi. Gormonlar faqat endokrin bezlarida ishlab chiqariladi, ba'zi gormonlar o'zi sintezlangan organning o'zida ta'sirini o'tkazishi mumkin. Odatda gormonlar hujayralarda ketadigan prosesslarni tezlashtiradi, shu bilan birga ular bu prosesslarning tormozlanishiga olib keluvchi informasiyani ham yetkazib berishi mumkin. Fiziologik sharoitlarda gormonlar tezda sintezlanib va parchalanib turadi. Ularning yarim yashash davri 1 soatdan oshmaydi. Shu sababli gormonlar organizmda normal fiziologik holatni tutib turish uchun doimo sintezlanib, darhol boshqaruvchi ta'sirini o'tkazishi va shu vaqtning o'zida tezlik bilan aktivligini yo'qotishi zarur. Gormonlarning ta'sir mexanizmi juda murakkab. Ularning qondagi konsentrasiyasi 10 -8 M dan oshmaydi. Bu qadar past konsentrasiyada bo'lishiga qaramay, ular hujayradagi metabolitik prosesslarning asosiy regulyatorlari hisoblanadi. Ko'pchilik gormonlarning hujayra plazmatik membranalarida o'ziga xos reseptor oqsillari bo'lib, gormon ta'siri shu sezgir oqsil bilan bog'langandan keyingina xujayra javob reaksiyasini qaytaradi. Tireoid gormonlar va insulin bundan mustasno. Gormonlar hujayra membranasidagi reseptor oqsil bilan bog'langandan keyin adenilatsiklaza (yoki guanilatsiklaza) fermenti aktivlashib siklik AMF yoki siklik GMF sintezi kuchayadi. Siklik AMF gormonlar ta'sirini hujayradagi metabolitik prosesslarga o'tkazib beruvchi ikkinchi yoki uchinchi darajali vositachi vazifasini o'taydi. Siklik nukleotidning asosiy roli proteinkinaza ta'sirida oqsillarning fosforlanishini stimullashdir. Sitoplazmadagi oqsillar ichida ribosoma oqsillarining fosforlanishi sintezlanadigan oqsilning xarakteri va miqdoriga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ba'zi gormonlar xususan, insulin va tireoid gormonlar uchun plazmatik membranadagi reseptordan tashqari xujayra yadrosida ham gormonlar bog'lanadigan spesifik joylar aniqlangan. Steroid gormonlar spesifik oqsillar sinteziga ta'sir ko'rsatadi. Bu gormonlar o'zi ta'sir ko'rsatadigan hujayra sitoplazmasiga kiradi va spesifik sitoplazmatik oqsillar bilan birikib, xromatinga nisbatan yuqori moyillikka ega bo'lgan steriod-oqsil kompleksini hosil qiladi va yadro membranasidan ham oson o'ta oladigan ko'rinishga
48
o'tadi. Hosil bo'lgan steroid — oqsil kompleksi yadroga kirib xromatinga bog'lanishi natijasida spesifik i-RNK sintezi boshlanadi, bu esa yangi biologik aktiv oqsil sinteziga olib keladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling