b) LESITINDAGI FOSFATNI ANIQLASH
Tigelga ajratib olingan lesitindan ozgina solinadi, uning ustiga ortiqcha
miqdorda 2:1 nisbatdagi Na
2
CO
3
va KNO
3
kukuni aralashmasidan solib, shisha
tayoqcha bilan aralashtiriladi va gaz alangasi yoki spirt lampasida qizdirib
suyuqlantiriladi. Agar tigeldagi aralashma qoraysa, qizdirish rangsizlanguncha davom
ettiriladi. So'ngra tigel sovitiladi va uning ustiga 10—15 tomchi (0,5—1 ml) nitrat
kislota tomizib, yaxshilab aralashtiriladi. Tigeldagi aralashma toza probirkaga
quyilib, unga ortiqcha miqdorda molibdat reaktividan qo'shiladi va qizdiriladi.
Natijada sariq rangli ammoniy fosfomolibdat loykasi hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |