О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.DISAXARIDLAR
Ishning bajarilishi. 2 ta probirkaga 5 ml dan Barfed reaktividan quyib, biriga
1% li glyukoza eritmasidan 1 ml, ikkinchisiga maltoza yoki laktoza eritmasidan 1 ml qo'shiladi va suv hammomida 10 minut davomida qizdiriladi. Bu vaqtda birinchi vismut(III)- gidroksid
27
probirkada qizil rangli mis (I)-oksid cho'kmasi hosil bo'ladi, ikkinchisida disaxarid oksidlanmaganligi sababli qizil cho'kma hosil bo'lmaydi. Probirkalardagi suyuqliklarni uzoq qizdirmaslik zarur, aks holda disaxaridlar xam oksidlanib ketadi.
Disaxaridlar gidrolizlanganda ikki molekula monosaxaridga parchalanadigan uglevodlar hosil bo'lib, tabiatda uchraydigan oligosaxaridlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Disaxaridlar bog'lanish tipiga qarab ikki gruppaga bo'linadi: 1) maltoza tipidagi disaxaridlar—ularning hosil bo'lishida birinchi monosaxaridning glyukozid gidroksogruppasi bilan ikkinchisining to'rtinchi uglerod atomidagi spirt gruppasi orasida kislorod ko'prigi hosil bo'ladi. Shuning uchun bu disaxaridlar erkin aldegid gruppasiga ega bo'lib, monosaxaridlar singari qaytaruvchanlik xossasini namoyon qiladi. Bu gruppaga maltoza, sut shakari — laktoza, sellobioza kiradi. 2) tregaloza tipidagi disaxaridlar — bu gruppaga kiruvchi shakarlarda har ikkala monosaxarid molekulasidagi glyukozid gidroksogruppasi bog' hosil qilishda ishtirok etadi. Shu sababli qaytaruvchanlik xossasini namoyon qilmaydi. Bu gruppaning asosiy vakili saxaroza (α-D-glyukozid, 1,2 β-D-fruktozid)—lavlagi yoki shakarqamish shakari tabiatda keng tarqalgan disaxariddir.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling