O`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati


O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari


Download 61.5 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1107298
1   2   3
Bog'liq
o\'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to\'g\'risida

2. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari.
O`simlik dunyosi obyektlaridan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. O`simlik dunyosidan foydalanish maqsadi avvalo o`simlik dunyosi obyektlarining xususiyatidan kelib chiqadi.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunida ko`rsatilgan. Ushbu qonunning 7-moddasiga ko`ra, o`simlik dunyosidan birinchi navbatda chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotini tayyorlash maqsadida foydalaniladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotini tayyorlash va chorva mollarini o`tlatib boqish maxsus berib qo`yilgan tabiiy yem-xashak yetishtiriladigan maydonlarda o`rmon fondi hududida o`rmon biletlari bo`yicha; qishloq xo`jalik korxonalari, muassasalari, tashkilotlari egaligidagi yerlar hududida ularning ruxsatnomalari bo`yicha; zaxiradagi yerlarda - mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi (12-modda).
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlaridan navbatdagisi chorva mollarini o`tlatib boqish hisoblanadi. Chorva mollarini o`tlatish o`rmon fondi yerlaridagi o`tloqzorlarda, tog`lar va tog` yon bag`irlaridagi yaylovlarda, qishloq xo`jalik korxonalariga berib qo`yilgan yaylovlarda amalga oshiriladi. O`simlik dunyosidan ushbu maqsadda foydalanishga qonunda belgilangan tartibda davlat, o`rmon va qishloq xo`jalik korxonalarining ruxsatnomalari orqali yo`l qo`yiladi.
Ovchilik xo`jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning navbatdagi turi hisoblanadi. "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 13-moddasida belgilanishicha, o`simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo`jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o`zlariga berib qo`yilgan ovchilik yer-suvlarida amalga oshiriladi. O`simlik dunyosidan ovchilik maqsadida foydalanish tegishli ruxsat asosida o`rmonlarda, butazorlarda, tog`larda, suv bo`yi changalzorlarida olib boriladi. O`simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik ehtiyojlari uchun foydalanish tegishli tartibda, belgilangan me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu me'yoriy hujjatlarda ov qilish qoidalari belgilangan bo`ladi.
Navbatdagi o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlaridan biri bu yovvoyi o`simliklar texnik xom ashyosini tayyorlash, dorivor xom ashyosini yig`ish, oziq-ovqat maqsadlari uchun yig`ish hisoblanadi. Bu turdagi foydalanishda yog`och shirasi olish; spirt tayyorlash, dorivorlarni, ziravorlarni, mevalarni, qo`ziqorinlarni yig`ish maqsad qilib qo`yiladi. O`simlik dunyosidan bu xilda foydalanish umumiy va maxsus tarzda amalga oshiriladi.
Daraxt va butazorlarni kesish - o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning navbatdagi turidir. Daraxt va butazorlarni kesish o`rmon fondi yerlarida tegishli tartibda beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. O`rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga faqat sanitariya hamda binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi bilan bog`liq kesishlar tartibida mahalliy davlat hokimiyati organlarining Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi bilan kelishilgan asosan yo`l qo`yiladi.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlaridan biri undan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanishdir. Bu xildagi maqsadda foydalanish ilmiy muassasalar tomonidan amalga oshirilib, unda yovvoyi o`simliklarning kelib chiqishi, turlari, nomi, ko`payishi, jamiyat uchun foydalanish maqsadlari o`rganiladi. Qonunda belgilanishicha, o`simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida yovvoyi o`simliklarni, ularning qismlarini va mahsullarini o`sish muhitidan olmasdan va olgan holda foydalanishga faqat qonunda belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi. Tabiiy o`simliklar jamoalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini o`tkazish uchun tegishli yuridik shaxslarga maxsus uchatkalar ajratilishi lozim. Agar bu o`simlik jamoalarida ilmiy-tadqiqot olib borish lozim bo`lsa, boshqa tashkilotlarning bu obyektdan foydalanishi cheklanishi mumkin.
O`simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog`lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishi ulardan foydalanishning mustaqil turi hisoblanadi. Shifobaxsh xossalarga ega bo`lgan va aholining dam olishi uchun qulay shart sharoit yaratadigan o`simlik dunyosi obyektlaridan sog`lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlarida foydalaniladi. Bunday joylarda sanatoriyalar, shifoxonalar, dam olish uylari, lagerlar bunyod etilib, ulardan aholini dam olishi, sog`lig`ini tiklashi maqsadlarida foydalaniladi.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turidan ohirgisi ulardan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanishdir. Ma'lumki, o`simlik dunyosi tog`larda suvlarni to`planishi, tog`larda jarliklarni paydo bo`lishi oldini olish, sug`oriladigan yerlar, ekin maydonlarini suv va shamol eroziyasidan asrash, suv bo`yi tegralarini saqlash, atmosfera havosini mo`tadil ravishda saqlab turishda asosiy vosita hisoblanadi. Shu sababdan suv bo`yi tegralarida, ekin maydonlari atrofida yer va suv resurslarini muhofaza qilish maqsadida daraxtlar ekilib, ulardan tabiatni muhofaza qilish maqsadi ko`zlanadi.

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling