O`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati


O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari


Download 61.5 Kb.
bet3/3
Sana21.01.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1107298
1   2   3
Bog'liq
o\'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to\'g\'risida

3. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 10-moddasida belgilab berilgan. Shulardan birinchisi o`simlik dunyosi obyektlaridan ularni berib qo`yish shartlariga muvofiq foydalanishdir. O`simlik dunyosi obyektlari nima maqsadda berilgan bo`lsa, ya'ni ilmiy maqsadda foydalanishga, yog`och kesish uchunmi, yoxud yaylov maqsadidami foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar shu maqsadda foydalanish huquqiga ega bo`ladilar. Agar o`simlik dunyosi obyekti ilmiy maqsadlar uchun berilgan bo`lsa, undan ovchilik uchun foydalanish mumkin emas va hokazo.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning navbatdagi huquqlaridan biri bu belgilangan tartibda olingan o`simlik dunyosi obyektlari mahsulotini tasarruf etish huquqidir. O`simlik dunyosidan foydalanuvchilar ma'lumki undan foydalanish jarayonida ma'lum mol-mulkka - ovchilik mahsulotlari, dorivor va zirovorlar, yog`och xom ashyosi, pichan, oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo`ladilar. Qonunda belgilangan tartibda egallangan ushbu o`simlik dunyosi mahsulotlari undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mustaqil ravishda tasarruf etiladi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar buzilgan huquqlarini tiklanishi hamda o`zlariga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Masalan, o`rmon xo`jaligi korxonalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o`rmonlardan qonunga xilof ravishda foydalanilganda buzilgan huquqlarini sud yo`li bilan tiklash va o`zlariga yetkazilgan zararni to`la undirib olish huquqiga egadirlar.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar huquqlar bilan bir qatorda ba'zi majburiyatlarga ham rioya qilishlari shartdir. Shulardan eng muhimi o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishdir. Ma'lumki, o`simlik dunyosi obyektlari oldindan belgilangan maqsad, ya'ni yaylov maqsadida, yovvoyi o`simlik mevalarini terish, ilmiy maqsadda, yoxud pichan o`rish, yoki yog`och kesish masadlarida berilishi mumkin. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar eng avvalo mana shu talabga rioya qilgan holda undan foydalanishlari lozim. Bundan tashqari, yog`och kesish, pichan o`rish, ov qilishning o`z tartib-qoidalari mavjud bo`lib, o`simlik dunyosidan foydalanuvchilar shu shartlarni ham bajarishlari talab etiladi.
Navbatdagi majburiyatlaridan biri foydalanishga berib qo`yilgan o`simlik dunyosi obyektlaridan oqilona foydalanish shartdir. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchi subyektlar undan ilm-fan tavsiyasi asosida, unga zarar yetkazmasdan, kamyob o`simlik turlarini yo`qolib ketishga yo`l qo`ymasdan, tabiatning umumiy qonuniyatlariga rioya etgan holda, o`simlik dunyosini takror ko`paytirishni ko`zlab oqilona foydalanishga majburdirlar.
O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni takror ko`paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish foydalanuvchilarning asosiy majburiyatlaridan biridir. Buning uchun o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni ko`paytirish qoidalari va normativlarini belgilash, O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan o`simliklar turlarini muhofaza qilishning alohida rejimini belgilash, o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklashlar va ta'qiqlashlarni belgilash, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo qilish, o`simlik dunyosi obyektlari va ular o`sadigan muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish va takror ko`paytirish sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, davlat ekologik ekspertizasi o`tkazish, davlat nazoratini amalga oshirish kabi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo`ladi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish uchun qonunda belgilanishicha, o`simlik dunyosi obyektlari o`sadigan muhitga ta'sir ko`rsatadigan faoliyat shu obyektlarning saqlanishini ta'minlaydigan talablarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi lozim (24-modda). O`simlik dunyosi o`sadigan muhitga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini o`tkazish, foydali qazilmalarni qazib olish, chorva mollarini o`tlatib boqish O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Davlat o`rmon qo`mitasi bilan kelishib olinishi kerak. O`simlik dunyosini himoya qilish chora-tadbirlari bilan ta'minlanmagan ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish hamda texnologiyalarni qo`llash man qilinadi. Mineral o`g`itlar va boshqa dorilar qo`llanilgan taqdirda o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish talablari hisobga olinishi zarur bo`ladi.
Yuqorida sanab ko`rsatilganlardan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish joylarida yong`in xavfsizligiga rioya etishlari hamda o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun haqni o`z vaqtida to`lab borishlari talab etiladi.
Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling