O’simlik to’qimalaridan dnk ni ajratib olish


Olingan bilim va malakadan kelajak ish faoliyatda foydalanish


Download 84.01 Kb.
bet6/8
Sana03.12.2023
Hajmi84.01 Kb.
#1797520
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DNKsini ajratish usullari

Olingan bilim va malakadan kelajak ish faoliyatda foydalanish:
Turli metodlar yordamida o’simlik to’qimalaridan genom DNK ajratish haqida to’liq ma’lumotga ega bo’linadi. Olingan bilim va malakalardan genomikaning turli sohalarida izlanishlar olib borilgandagi faoliyatda foydalaniladi.
Nazorat savollar:
1. Hayvonlar va o'simlik to'qimalaridan DNKni ajratib olishda qanday jarayonlar farqlanadi?
2. DNKni ajratib olishning qanday zamonaviy usullari mavjud?
3. O'simlik DNKsini ajratib olish uchun qanday usul qo'llaniladi?
4. DNK dan organik mahsulotlar ajratib olish uchun qanday organik eritmalar ishlatiladi?
Hozirgi kunga kelib DNK ekspertizasi eng ommaviy taxlil turlaridan biriga aylangan. DNK taxlili orqali nafaqat shaxs genetik identifikatsiyasi, biologik qon-qarindoshlikni aniqlash masalalarini hal etish balki, turli xil geneologik tadqiqotlar (dunyo bo‘yicha qarindoshlarni qidiruvi, ota va ona avlod bo‘yicha shajara tuzish), turli kasalliklarga moyillikni aniqlash, noyob hayvonlar va o‘simliklarni zotdor uy hayvonlarini DNK ma’lumotlar bazalari yaratishda ham samarali qo‘llanilib kelinmoqda. Bu yo‘nalishda hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 400dan ortiq DNK laboratoriyalarda on-line rejimda DNK testlarini o‘tkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatilib, ularning natijalari bo‘yicha turli xil televizion ko‘rsatuvlar namoyish etilishi fikrimizning isbotidir.
Mamlakatimizda DNK taxlilini o‘tkazishda ehtiyoj yildan yilga oib bormoqda. Bu sohani rivojlantirishda yaqin davr ichida bir necha hukumat qarorlari qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 04 dekabr kunidagi PQ-4049-sonli qarori bilan 2019-2020 yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi tashkil etish to‘g‘risidagi qarorga asosan uning Farg‘ona, Samarqand viloyatlaridagi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filiallarida sud-molekulyar-genetik ekspertizasini tashkil etishbelgilangan hamda “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 17 yanvar kunidagi PQ-4125-sonli qaroriga asosan mamalakatimizda nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini tashkil etish hamda ularga sud ekspertizalarning ayrim turlari, shu jumladan DNK ekspertizasini o‘tkazish huquqi berish ko‘rsatilgan.
Yevropa sud ekspertiza laboratoriyalari tarmog‘i (ENFSI) xalqaro DNK ekspertlari ishchi guruhlarining tavsiyalariga ko‘ra, kriminalistik DNK laboratoriyalarni tashkil etishda maxsus qoidalarga rioya qilish zarur bo‘ladi. DNK ekspertizasi texnologiyasi o‘ta sezgirligini hisobga olgan holda ekspert xodimlar tomonidan ekspertiza ob’ektlarini olish jarayonida antikontaminatsion (o‘zga shaxslar biologik namunalari bilan kirlanishini oldini olish) choralarga rioya qilish va ko‘p bosqichli ekspertiza jarayonini alohida-alohida xududlarda o‘tkazish zarur bo‘ladi.
Ma’lumki, DNK laboratoriyalar kirlanishning bir nechta manbalari mavjud bo‘lib, birinchisi, biologik material bilan kirlangan uskuna, asbob va ish joyi, ikkinchisi, DNK ajratish, PZR qo‘yish, fragment taxlil o‘tkazish jarayonida tutash kirlanish, uchinchisi, ilgari o‘tkazilgan PZR mahsulotlari, to‘rtinchisi laboratoriya xududiga “illyuminatsiya ro‘yxatida” kiritilmagan shaxslarning kirib kelishi.
Bunday holatlarni oldini olish va tadqiqotlar sifatini ta’minlash maqsadida laboratoriyada antikontaminatsion tadbirlarni doimiy ravishda o‘tkazish lozim. Har bir tadqiqot jarayonida ishlatilgan reagentlar tozaligini nazorati maqsadida DNK ajratish va PZR jarayonida ishlatiladigan reagentlarni ishlatib manfiy probalar (DNKsiz)bilan tadqiqot o‘tkazish. Shu bilan birga, har oyda ish stollari va laminar shkaflar texnik-uskunalar yuzalaridan kirlanganligi surtmalar olib ularni bo‘yicha nazorat tadqiqotlar hamda olib borish va natijalari bo‘yicha qayd etish jurnalini olib borish lozim bo‘ladi.
DNK laboratoriyasi tashkil etishda uning maydoni bir-biridan izolyatsiyalangan ish xududlarga bo‘lingan bo‘lishi kerak bo‘ladi. Xususan, ashyoviy dalillarni tashqi ko‘rigini o‘tkazish va tadqiqot ob’ektlarini olish xududi, solishtirma ob’ektlar olish xududi, ob’ektlardan DNK ajratish tadqiqotini o‘tkazish, Real time PCR ob’ektlarini va polimeraza zanjir reaksiyasi(PZR) uchun reaksion eritma tayyorlash , PZR o‘tkazish (toza xudud), fragment va sikvens taxlil o‘tkazish.
PZR mahsulotlari bilan kirlanishni oldini olish maqsadida har bir xudud aloxida kirish eshiklari bilan ta’minlanlanishi maqsadga muvofiq. Har bir xududda bajarilishi kerak bo‘ladigan jarayonlarga tegishli zarur uskuna va ish asboblar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

Download 84.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling