O‘simlik to’qimasi Kirish


Download 1.07 Mb.
bet10/11
Sana04.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1160687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу химикларга yangi tahrir1

Traxeyalar va traxeidlar

  • Traxeyalar va traxeidlar orqali suv va unda erigan mineral moddalar o‘tib turadi. Elaksimon naylar va uning yo‘ldosh hujayralari orqali fotosintez mahsuloti hisoblangan organic birikmalar erigan holda harakatlanadi. Traxeyalar uzun silindr shaklida bo‘lib, bir necha bo‘g‘inli. Bo‘g‘inlar ustma-ust joylashib naychalami shakllantiradi. Traxeyalar faqatgina yopiq urug‘li o'simliklarga xos bo‘lib, traxeyalarning o'rtacha uzunligi 10 sm bo‘ladi. Traxeidlar — bir hujayrali, urchuqsimon bo‘lib, ikki uchi o‘tkirlashgan. Ular traxeyalarga nisbatan kaltaroq bo'ladi. Traxeidlarning o'rtacha uzunligi 1 mm bo‘lib, oddiy qarag'ayda (Pinus sylvestris) 4-7 mm ga bo‘lishi kuzatilgan. Traxeidlar ham o‘lik hujayralardan tashkil topgan bo‘lsada, ularning hujayra po'sti traxeyalar singari bir tekisda qalinlashmaydi. Natijada traxeidlarda ham halqasimon, spiralsimon, to‘rsimon hoshiyalar vujudga keladi.

O‘simlik to‘qimalarining-Tomirlar tizimi
Ksilem(etuklik davrida nobud buladi)
Traxiedlar:Tor,naychaga uxshash hujayra
Tomir elementlari:Keng,naychaga uxshash hujayra

Traxeidlar asosan ochiq urug‘li o'simliklarda uchrab, ular orqali ham suv va boshqa mineral tuzlar ildizdan barggacha ko‘tariladi. Traxeya va traxeidlar poya va ildizga mustahkamlik beruvchi mexanik to'qima vazifasini ham o‘taydilar. Traxeidlar va traxeyalar o‘z funksiyasini bir necha yilgacha bajaradi. Bu hujayralar poyada suv va unda erigan mineral ozuqa moddalaming tashilishini ta’minlaydi. Bunda suv traxeiddan navbatdagi traxeidga tomon hujayra devorida shakllangan yupqa - o‘yiqchalar tizimi orqali o’tadi.

  • Traxeidlar asosan ochiq urug‘li o'simliklarda uchrab, ular orqali ham suv va boshqa mineral tuzlar ildizdan barggacha ko‘tariladi. Traxeya va traxeidlar poya va ildizga mustahkamlik beruvchi mexanik to'qima vazifasini ham o‘taydilar. Traxeidlar va traxeyalar o‘z funksiyasini bir necha yilgacha bajaradi. Bu hujayralar poyada suv va unda erigan mineral ozuqa moddalaming tashilishini ta’minlaydi. Bunda suv traxeiddan navbatdagi traxeidga tomon hujayra devorida shakllangan yupqa - o‘yiqchalar tizimi orqali o’tadi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling