Oʼsimlik xomаshyosi аsosidа olingаn gomeopаtik dori vositаlаrining tаhlili


Download 57.54 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi57.54 Kb.
#1551120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маруза-1

Fitin – Phytinum
Inozitgeksafosfor kislotasining kalsiy va magniyli tuzlari aralashmasidan iborat. Guruchning kepagidan olinadi.
Tasvirlanishi. Hidsiz, oq amorf kukun.
Eruvchanligi. Suvda juda kam eriydi.
CHinligi. 0,5 g dori moddasiga 20 ml suyultirilgan sirka kislotasidan qo‘shib chayqatiladi va filtrlanadi. 5 ml filtratga 1 ml ammoniy oksalat eritmasidan qo‘shiladi. Bunda sirka kislotasi va ammiak eritmasida erimaydigan, suyultirilgan mineral kislotalarda eriydigan oq cho‘kma hosil bo‘ladi.
Fitin eritmasining tiniqligi va rangliligi.
0,5 g dori moddasi 5 ml suyultirilgan xlorid kislotasida eritiladi, 5 ml suv qo‘shiladi. Eritmaning rangi va tiniqligi 2,5 ml 16-chi ranglilik etaloni va 7,5 ml 1-chi loyqalik etalonidan tashkil topgan eritmadan oshmasligi kerak.
Xloridlar.
2 g dori moddasi 5 ml azot kislotasida suvli hammomda qizdirish yordamida eritiladi, 0,2 ml 0,1 n kumush nitrat eritmasidan qo‘shiladi. Eritma filtrlanadi va filtratga 1 tomchi 0,1n xlorid kislota eritmasidan qo‘shiladi; loyqa hosil bo‘lishi kerak.
Fosfatlar.
0,1 g dori moddasiga 2 – 3 tomchi kumush nitrat eritmasidan tomiziladi; preparat darxol sariq rangga bo‘yalmasligi kerak.
Oqsil.
10 g dori moddasi 100 ml suyultirilgan xlorid kislotasida eritiladi va qog‘oz filtr orqali filtrlanadi. CHo‘kma xlor – ion qolmaguncha sovuq suv bilan yuviladi, so‘ngra cho‘kma filtr qog‘oz bilan birgalikda stakanga solinadi, 5 ml 40% o‘yuvchi natriy eritmasidan qo‘shiladi, aralashtiriladi va asta – sekinlik bilan probirkaga olinadi, ustiga 5 tomchi 0,2% li mis sulfat eritmasidan qo‘shiladi; ko‘k – binafsha rang hosil bo‘lmasligi kerak.
Quritilganda og‘irlikning yo‘qolishi.
0,5 g dori moddasi (aniq tortma) 100 - 105S da doimiy og‘irlikgacha quritiladi. Og‘irlikdagi kamayishi 10% dan oshmasligi kerak.
Og‘ir metallar.
0,5 g dori moddasining sulfatli kuli og‘ir metallarga sinovga bardosh berishi kerak (0,001% dan oshmasligi kerak).
Mishyak.
0,25 g dori moddasi arsenga reaksiya bermasligi kerak.
Miqdoriy tahlil.
0,4 g dori moddasi (aniq tortma) 4 ml 8%-li xlorid kislotasi eritmasida hajmi 200 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasida eritiladi, suv bilan taxminan 120 ml gacha suyultiriladi, 25 ml 5% li mis sulfat eritmasi, 10 ml natriy atsetat eritmasidan qo‘shib suv bilan belgisigacha etkaziladi va aralashtiriladi. 5 minutdan so‘ng suyuqlik quruq filtr qog‘oz orqali quruq kolbaga filtrlanadi, filtratning boshlang‘ich 25 mli tashlab yuboriladi.
100 ml filtrat og‘zi zich yopiladigan kolbaga o‘tkaziladi, 2 g kaliy yodid solib aralashtiriladi, 10 minutga qoldiriladi va ajralib chiqqan yodni natriy tiosulfatning 0,1 M li eritmasi bilan kraxmal indikatori ishtirokida titrlanadi.
Bir vaqtning o‘zida nazorat tajribasi ham o‘tkaziladi.
Nazorat tajribasi va tekshirilayotgan eritmalarni titrlash uchun sarflangan natriy tiosulfat eritmalarining hajmi o‘rtasidagi farq fosfor angidridiga nisbatan hisoblanadi.
1 ml natriy tiosulfatning (0,1 n li) eritmasi 0,00782 g R2O5 ga to‘g‘ri keladi.
Preparat tarkibidagi R2O5 ning miqdori 39,0% kam bo‘lmasligi kerak.

Download 57.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling