Oʼsimlik xomаshyosi аsosidа olingаn gomeopаtik dori vositаlаrining tаhlili
Download 57.54 Kb.
|
Маруза-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bodrezakning suyuq ekstrakti – Extractum Viburni fluidum
1-MAVZU: Oʼsimlik xomаshyosi аsosidа olingаn gomeopаtik dori vositаlаrining tаhlili Ekstraktlar - Extractum Ekstraktlar – o‘simlik xomashyosidan olingan konsentrlangan ajratmalardir. Ekstraktlar 3 xil bo‘ladi: Suyuq ekstraktlar – Extracta fluida; Quyuq ekstraktlar – Extracta spissa (namligi 25% dan oshmasligi kerak); Quruq ekstraktlar – Extracta sicca (namligi 5% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak). Ekstraktlar sifati tarkibidagi ta’sir etuvchi moddasi, og‘ir metallar, suyuq ekstraktlar tarkibidagi spirt miqdori yoki zichligi, quruq qoldiq miqdori, quyuq va quruq ekstraktlar esa namligi va tarkibidagi biologik faol birikmalari bo‘yicha baholanadi. Quruq qoldiqni aniqlash. 5 ml suyuq ekstrakt og‘irligi oldindan o‘lchangan byuksga solinadi, suvli hammomda bug‘latiladi, 3 soat davomida 102,52,5S haroratda quritiladi, so‘ngra eksikatorda sovutiladi (30 min) va og‘irligi o‘lchanadi. Namlikni aniqlash. 0,5 g (aniq og‘irlik) preparat 102,52,5S haroratda 5 soat davomida quritgichda quritiladi, so‘ngra 30 minut davomida eksikatorda sovutiladi va og‘irligi o‘lchanadi. Og‘ir metallarni aniqlash. 1 ml suyuq ekstraktga yoki 1 g quyuq yoki quruq ekstraktga 1 ml konsentrlangan sulfat kislota qo‘shib, asta – sekin yoqiladi, kuydiriladi. Qoldiq ammoniy atsetatning 5 ml to‘yingan eritmasi bilan ishlanadi, kulsiz filtr qog‘oz orqali filtrlanadi, 5 ml suv bilan yuviladi va filtrat hajmi 20 ml gacha etkaziladi. Tayyorlangan eritmadan 10 ml olib og‘ir metallarga sinov o‘tkaziladi (0,01% dan oshmasligi kerak). Bodrezakning suyuq ekstrakti – Extractum Viburni fluidum Maydalangan bodrezak po‘stlog‘i - 1000 g 70% li spirt - 1 l ekstrakt hosil bo‘lguncha Tasvirlanishi. Qizil – qo‘ng‘ir rangdagi suyuqlik, achchiq mazaga va o‘ziga xos xidga ega. CHinligi. Preparat suv bilan 1:10 nisbatda suyultirilsa zarg‘aldoq rangdagi cho‘kma tushadi, cho‘kma filtrlanadi. Filtratning bir qismiga 1 tomchi temir xlorid(111) eritmasidan (FeCl3) qo‘shiladi; yashil rang hosil bo‘ladi; boshqa qismiga 1 tomchi ammiak eritmasidan qo‘shiladi; qizil rang hosil bo‘ladi. Quritilganda og‘irligining kamayishii va og‘ir metallar. Bu ko‘rsatkichlar “Ekstraktlar” maqolasida keltirilgan uslublar yordamida aniqlanadi. Quruq qoldiq 13% dan kam bo‘lmasligi kerak. Spirt 45% dan kam bo‘lmasligi kerak. Miqdoriy tahlil. 5 ml preparat hajmi 50 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi va belgisigacha 50% li spirt bilan etkaziladi. 5 ml tayyorlangan eritma hajmi 1 l bo‘lgan kolbaga solinadi, pipetka yordamida 10 ml indigokarmin eritmasi va 750 ml suv qo‘shiladi, aralashtiriladi va 0,1 n li kaliy permanganat eritmasi bilan ko‘k rangdan sariq ranggacha titrlanadi. Bir vaqtning o‘zida nazorat tajribasi o‘tkaziladi. 1 ml 0,1 n kaliy permanganat eritmasi 0,004157 g oshlovchi moddalarga to‘g‘ri keladi. Oshlovchi moddalar miqdori 4% dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 57.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling