O’simliklar oziqlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri slayd


Download 67.54 Kb.
bet2/2
Sana18.11.2023
Hajmi67.54 Kb.
#1785429
1   2
Bog'liq
Ўсимликларнинг ривожланишига ташқи мухитнинг тасири

TUPROQ NAMLIGI

  • Tuproq namligining o’simliklar oziqlanishiga ko’rsatadigan ijobiy ta’sirini quyidagicha asoslash mumkin:
  • 1) suv o’s imliklarning fiziologik holatini yaxshilaydi, fotosintez, oqsillar biosintezi va moddalar almashinuvi jarayonlarini kuchaytiradi;
  • 2) me’yordagi tuproq namligi ildiz tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va uning singdirish yuzasini oshiradi;
  • 3) suv oziq elementlarni tuproq eritmasi va singdirish kompleksi (TSK) dan ildiz tizimiga oqib o’tishida diffuzion muhit rolini bajaradi.
  •  
  • Tuproq namligi me’yorda bo’lganda, o’simliklar zarur oziqa elementlarni ko’proq o’zlashtiradi, ortiqcha namlik ta’sirida ayrim zararli ionlar (masalan, temir I oksid) o’simlik tanasiga o’tadi.
  • Namlik yetishmaganda fermentlar tizimining faoliyati buziladi, gidroliz, organik moddalarning parchalanishi kuchayadi, fotosintez jadalligi susayadi va o’simliklar o’sishi to’xtaydi.
  • Ma’lumki, ildiz tizimi orqali yutilgan suvning atigi 0,2% i o’simlik tanasining shakllanishi uchun sarflanadi, 9% dan ortig’i barglari orqali bug’lanadi, o’simliklar oziq moddalar bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda quruq modda birligini yaratishga sarflanadigan suv miqdori ancha kamayadi.
  •  

TUPROQ AERATSIYASI

  • O’simliklar ildiz tizimi chegarasidagi kislorod va karbonat angidrid miqdori muntazam o’zgarib turadi. Anaerob sharoitda hujayralarning kislorod bilan ta’minlanishi yomonlashadi, karbonat angidrid miqdori oshadi. Qisliloq xo’jalik ekinlari ildiz tizimi faqat aeratsiya yetarli bo’lgan sharoitlarda me’yorda faoliyat ko’rsatadi.
  • Tuproqdagi kislorod miqdori moddalar yoki moddalar tizimining oksidlanish─ qaytarilish potensialini belgilaydi. Karbonat angidrid gazi ildiz tomonidan nitratlar, fosfatlar va ammoniy ionining yutilishga depressiv ta’sir ko’rsatadi

Yorug’lik

  • Yorug’lik ta’sirida o’simliklarda mineral oziqlanish kuchayadi. Qorong’uda saqlanadigan o’simliklarda faqat fotosintez jarayoni emas, balki ildiz orqali oziqa moddalarning yutilishi ham susayadi. Uzoq muddat yorug’likdan baxramand bo’lmagan o’simliklarda mineral oziqlanish to’xtaydi, chunki fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan moddalar ildiz orqali yutiladigan ionlarning keyingi metabolik reaksiyalari uchun energetik material sifatida xizmat qiladi.

E’tiboringiz

  • E’tiboringiz
  • uchun
  • rahmat!!!

Download 67.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling