O'simliklarda boradigan fotosintez orqali tiklanadigan o'simlik polimerlari
Download 118.86 Kb.
|
O\'simliklarda boradigan fotosintez
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroorganizmlar uchun oziqa muhiti.
i) Xitin. Xitin - N-asetil-glukozaminning to'g'ri chiziqli poli-meridir. Xitinni biopolimcr sifatida turli fizik va kimyoviy ta'sirga chidamliligi N-asetilli guruh hosil qiluvchi qo'shimcha vodorod bog'larining ko'pligi bilan tushuntiriladi. Xitin o'simllk va hayvonot dunyosida struktura polimeri sifatida keng tarqalgan polimerdir.
Xitin tuproqda katta miqdorda uchraydi, u ko'pincha mitselial zamburug'larning hujayra qobig'ining asosiy komponentidir. Qis-qichbaqasimon planktonlar har yili minglab, million tormalab xitin ishlab chiqaradilar. Xitinni parchalovchi tuproq va suv bakteriyalari ma'lum. Xitinning gidrolizlari uglerod va azot manbayi sifatida mikro-biologiya sanoatida kcng qo'llaniladi. Xitin parchalovchi eng faol miicroskopik zambumg'lar Aspergillus avlodiga mansubdir. Shu-ningdek, xitinni aktinomitsetlar ham parchalay oladilar. Bu jara-yonda xitinaza va xitobiaza fermentlari ishtirok etadilar. Uzoq muddat ta'sir ettirilganda bu fermentlar xitindan mo-nomcrlar — M-asetilglukozaminlar, dimerlar va trimerlar hosil qiladi. Mikroorganizmlar uchun oziqa muhiti. Mikrobiologiya fani rivojlangan sari mikroorganizmlarni o'stirish metodlari ham tako-millashib bormoqda. Lui Paster davriga qadar mikroorganizmlar uchun oziqa muhiti sifatida qaynatilgan oziqalardan foydalanib kelingan bo'lsa, Lui Paster va K.Negeli oqsilsiz oziqa muhitini qo'llashni tavsiya etganlar. Robert Kox va F.Lyoffier qaynatma sho'rva, pepton va osh tuzidan foydalanishni tavsiya etganlar. Bunday oziqa muhiti go'sht-peptonli sho'rva bo'lib, unga 1—2% quruq agar-agar qo'shiladi. Uning tarkibida 70-75% Fe, 11-22% H20, 2-4% kul, 0,4-0,9% umumiy azot, 0,03—0,09% ammiakli azot uchraydi- Agar-agarning asosini kalsiy tuzlari, nordon efirlar, sulfat kislota va uglevod kompleksi — poUsaxaridlar (arabinoza, glukoza, galaktoza va boshqalar) tashkil etadi. Agar-agar 80—86°C da eriydi, 36—40°C da qotadi. Shu xusu-siyati tufayli mikrobiologiyada keng foydalaniladi. Oziqa muhitini 3 guruhga bo'lish mumkin: oddiy yoki sodda oziqa muhiti: go'sht-peptonli sho'rva, go'sht-peptonli agar va boshqalar; maxsus tayyorlangan oziqa muhiti: zardobli agar, zardobli sho'rva, ivib qolgan zardob, kartoshka, qonli agar, qonli sho'rva, assetik sho'rva, assetik agar va boshqalar; differensial diagnostik oziqa muhiti: bu guaihga mikroor-ganizmlarning proteolitik xususiyatlarini aniqlash uchun go'sht-peptonli jelatin; uglevodlarning fermentativ xususiyatlarini aniqlash uchun oziqa muhiti (griss ozig'i): gemolitik xususiyatlami aniqlash uchun oziqa muhiti (qonli agar) misol bo'ladi; mikroorganizmlarning qaytaruvchanlik xususiyatini aniqlash uchun.'oziqa; 5)o'z tanasida ma'lum moddalar sintezlay oladigan mikroblar uchun oziqa va boshqalar misol bo'ladi. Hozirgi vaqtda ko'p oziqalar quruq holda chiqarilmoqda, chunki ulardan foydalanish ancha qulay. Mikroorganizmlarni o'stirish uchun hozirgi vaqtda oqsilsiz oziqalardan keng foydalaniladi. Bunday muhitda ko'pchilik geterotroflar va patogen mikroblar yaxshi o'sa oladilar. Bunday oziqalarning tarkibi murakkab bo'lib, ular ko'plab komponentlardan tashkil topadilar. Prototroflar juda oz miqdorda ugievodlar va tuzlar bo'lgan muhitda ham o'sa oladilar. Auksotroflar esa o'z ozig'ida aminokislotalar va vitaminlar bo'lishini talab qiladi. Oziqa muhiti qattiq (go'sht-peptonli agar, go'sht-peptonli jeiatin, chirigan zardob, kartoshka, tuxum oqi), yarim suyuq (0,5% go'sht-peptonli agar) va suyuq holatda (pepton suvi, go'sht-peptonli bulyon, shakarii bulyon) bo'iadi. Laboratoriyada bakteriyalar probirkalarda, Petri likobchalarida va kichik shisha idishlarda o'stiriladi. Zich oziqa muhitida bakteriyalar turli shakldagi koloniyalar hosil qiladi: qijrralari tekis, tekis bo'lmagan, do'ng, ichiga botgan, yumaloq va hokazo. Koloniyalarning diametri turlicha bo'lishi mumkin (4-5 mm bo'lsa katta, 2-4 mm bo'lsa o'rtacha, 1-2 mm bo'lsa kichik va 1 mm dan kichik bo'lsa mitti koloniya deyiladi). Koloniyalarning rangi ham turlicha bo'lishi mumkin, rangli, rangsiz, quruq va shilimshiq. Download 118.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling