O`simliklarda suv rejimi
Download 184,16 Kb.
|
botanika 24 talik
- Bu sahifa navigatsiya:
- YORUG‘LIK .
O`simliklarda suv rejimi O‘simliklar haroratga bo‘lgan munosabatlari asosida bir necha guruhga bo‘linadi: 1) issiqsevar o‘simliklar — minimal harorat darajasi 100S dan yuqori, maqbul 30-400S atrofida; 2) sovuqqa chidamli o‘simliklar — minimal harorat O0 dan to 50S va maqbul 25-310S. Lekin aytish lozimki, o‘sishni eng faol ta’minlaydigan fiziologik maqbul harorat hamma vaqt ham samarador bo‘lmaydi. CHunki o‘sishning eng tez borishi doim ham sog‘lom va baquvvat o‘simlik olish degan gap emas. Aksincha, ko‘p organik moddalar sarf qilinishi natijasida o‘simliklar kuchsiz bo‘lib qolishi mumkin. SHuning uchun ham o‘sishni ta’minlovchi sof fiziologik optimum o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini eng baquvvat o‘simlik olinishini ta’minlovchi garmonik optimumdan farq qiladi. Bu xharorat darajasi fiziologik jarayonlarning bir tekisda faollanishi uchun sharoit yaratadi. YORUG‘LIK. O‘simliklar yorug‘likda ham, qorong‘ida ham o‘sadi. Lekin qorongida o‘sgan o‘simliklar o‘zlarining me’yoriy shakllarini ancha o‘zgartiradilar. YAshil rang yo‘qoladi. Bular etiollangan o‘simliklar deyiladi. Etiollangan o‘simliklar me’yoriy o‘simliklardan asosan, poyalarining xaddan tashqari cho‘zilishi va barg plastinkalarining esa aksincha, rivojlanmay qolishi bilan farq qiladi. Etiollangan o‘simliklarning bo‘g‘in oraliqlari uzun bo‘ladi. Mexanik to‘qimalari yaxshi rivojlanmaydi, hujayralararo bo‘shliqlar katta bo‘ladi, barglar rivojlanmay qoladi. YOrug‘likda o‘sgan o‘simliklar qorong‘ida o‘sgan o‘simliklarga nisbatan past bo‘yli ham ixcham tuzilishga ega. Hamma fiziologik jarayonlari bir me’yorda sodir bo‘ladi. YOrug‘lik ta’sirida hujayralarning cho‘zilish fazasi tezlashadi va qiska muddat ichida hujayralarning differensiyalanish fazasi boshlanadi. Organik moddalarning sintez jarayoni faollashadi, natijada yangi hujayralar, to‘qimalar va organlarning hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Bunday o‘simliklarda generativ organlarning hosil bo‘lishi tezlashadi. Download 184,16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling