O’simliklardan olinadigan tolalar gazlamalarning tola turkumlanishi, olinishi, tarkibi va xossalari
Paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari
Download 51.08 Kb.
|
O’simliklardan olinadigan tolalar gazlamalarning tola turkumlani
- Bu sahifa navigatsiya:
- ^ Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari.
^ Paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari.
Bu gazlamalar yengil, yumshoq, chidamli bo`ladi. Ulardan tayyorlangan kiyimlar chiroyli, qulay, namlikni shimadigan va tez quriydigan, havoni yaxshi o`tkazadigan, oson yuviladigan bo`ladi.Tez tozalanadi, yuqori haroratga chidamlidir. Bu gazlamalar sitilmaydi, yuvilganda bo`ylama ipi bo`yicha kirishadi, tez g`ijimlanadiva tez dazmollanadi. ^ Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari. Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalar paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarga qaraganda chidamliroq bo`ladi. Ular bo`ylama va ko`ndalang ipi bo`yicha kam cho`ziladi, qattiq, og`ir va qalinroq bo`ladi. Namlikni yaxshi shimadi, tez yuviladi. Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalarning usti silliq sitiluvchan bo`ladi, tez g`ijimlanadi va oson dazmollanadi. Gazlamaning tuzilishi tanda va arqoq iplarning o`zaro o`ralishi va bog`lanishi bilan belgilanadi. Gazlamaning tuzilishiga gazlamani hosil qiladigan kalava ip yoki iplarning tuzilishi, tanda va arqoqning zichligi, o`ralish xili ta’sir qiladi. Kalava ip iplarning yog`onligi, pishitilishi va tuzilishi gazlamaning tuzilishiga ancha ta’sir qiladi.
O’simliklardan tola olinishigacha bajariladigan ishlarni bosqichma-bosqich o’quvchilarga tushunarli qilib o’rgatiladi. Masalan paxta o’simligi qaerlarda o’stiriladi, ularni qanday parvarish qilinadi, uni terish usullarining kamchiliklari va avzalliklari haqida to’liq ma`lumot berish kerak. Paxta zavodlarida paxtani changdan, turli xil iflosliklardan tozalanishi, ularning sifatlarga ajratilishi, chigitidan tozalanishini diafilm, multimedia namunalardan foydalanib tushuntirish mumkun. Paxta va zig’ir tolasidan to’qilgan gazlamalar namunalaridan foydalanib ularning tashqi ko’rinishiga harab ajrata olishni o’rgatish, ularning to’qilishiga e`tibor berishni o’rgatish kerak. Gazlamalarning fizik, mexanik, gigienik xossalariga nimalar kiradi va u qanday aniqlanishi haqida umumiy ma`lumot beriladi. Buni albatta labaratoriya shaklida o’tilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Gazlamalarning xususiyatini bilish nima uchun zarurligi, ulardan tikuvchilik buyumlarini tayyorlashda nimalarga e`tibor berishni o’rgatish lozim. Barcha gazlamalar tolalardan to’qiladi. Inson o’ayotida gazlamalar muo’im ao’amiyat kasb etadi. Gazlamalardan tikilgan kiyimlar insonni issiq va sovuqdan kuchli yoruo’likdan o’imoya qilib organizm temperaturasining mo’tadil bo’lishiga yordam beradi. Gazlamalar tabiiy va sun`iy tolalardan to’qilgan bo’ladi. Tabiiy tolalardan to’qilgan gazlamalar ikki guruxga bo’linadi, O’simliklardan olingan tolalardan to’qilgan gazlamalar, qayvonlardan olingan tolalardan to’qilgan gazlamalar. O’simliklardan olingan tolalarga paxta o’amda zig’ir kirdi. Paxta o’simligi asosan Amerika Qo’shma Shtatlarida, Xitoy, Hindiston, Braziliya va O’zbekistonda etishtiriladi. Paxta tolasi ingichka va o’rta tolali bo’ladi. O’zbekistonda etishtiriladigan paxtaning 10% ni ingichka tolali paxta tashkil qiladi va eng yuqori sifatli tola o’isoblanadi. Paxta o’simlig asosan issiq o’lkalarda etishtiriladi. Paxtaning saralangan chigiti erta bao’orda, aprel,may oylarida ekiladi. Yozning iyun, iyul oylarida gullay boshlaydi. Kuz faslida paxta chaman bo’lib ochiladi. Paxtani yig’ib-terib olish ancha mashshaqatli ish o’isoblanadi. Paxta mashinalar yordamida va qo’lda teriladi. Qo’lda terilgan paxta tolasi sifatli ya`ni ingichka o’amda uzun bo’ladi. Paxta tolasi deb chigitning ustida joylashgan ingichka tolani aytamiz. chigitdan ajratilgan tola xomashyo deyiladi. Paxta tolasidan gazlamalar to’qiladi uning chigitidan turli turli sano`at mollari tayyorlanadi. Dalalardan terib olingan paxta paxta tozalash zavodlariga olib boriladi. U erda paxtani chigitidan, turli xil ifloslardan tozalanadi va quritiladi, presslanadi. Unga ishlov berish yigirish fabrikasida turli mashinalar yordamida bajariladi, ya`ni uni tozalanadi, aralashtiriladi, tarab, tola qilinadi, ingichka tekis lenta qilib tsilindr idishlarga tushiriladi. Lentalar yigirish mashinasida ip qilib chihariladi. Yigirib tayyorlangan ipni katta naychalarga o’raladi. Bu ishlar bajariladigan tsex yigirish tsexi deb ataladi. Tayyor yigirilgan ip to’qimachilik tsexlariga yuboriladi, yigirilgan iplarni to’qish dastgoxiga qo’yib gazlama to’qiladi. Paxta tolasining asosiy moddasi tsellyuloza bo’lib, u qancha ko’p bo’lsa tola shuncha pishiq bo’ladi. Paxta tolasidan chit, batist, bumaze, satin kabi gazlamalar to’qiladi. Zig’ir tolasi paxta tolasi kabi bir yillik o’simlik bo’lib, asosiy moddasi tsellyuloza. Balandligi 60-70sm bo’lib asosan Rossiyada o’sadi. Gazlamalarning fizik xossalariga uning gigroskopiklik, havo o’tkazuvchanligi, bug’ o’tkazuvchanligi, suv o’tkazuvchanligi, xo’llanuvchanligi, chang tortishi, issiqlik saqlashi, kirishishi, cho’ziluvchanligi va boshqa xossalari kiradi. Gigroskopiklik – bu gazlamaning o’ziga namlikni tortishi. Gigroskapiklik namlik formulasi bilan aniqlanadi. Bir xil gazlamalar yuvilgandan keyin gigroskapikligi oshadi. Bir xil mao’sulotlar ipni ikki tomonlama tarash usuli bilan qalinligi oshiriladi, unda gigroskopiklik kamayadi. Ich kiyim va yozgi kiyim assortimentida gigroskopiklik eng muo’im xossa o’isoblanadi. Tabiiy tolali gazlamalarning gigroskopikligi yuqori o’isoblanadi. havo o’tkazuvchanlik – xususiyati uning tola tarkibi zichligi va pardoziga bog’liq bo’ladi. Siyrak to’qilgan gazlamalar havoni yaxshi o’tkazadi, zich to’qilgan gazlamalar havoni o’tkazmaydi. Polotno to’qilishi havoni yomon o’tkazadi. Bug’ o’tkazish – xossasi odam organizmidan ajraladigan bug’ni o’zida saqlashi kiradi. Masalan jun tolasidan to’qilgan gazlamalar o’zidan bug’ni kam o’tkazadi va boshqa gazlamalarga haraganda kiyim ostidagi havoning nisbiy namligini ushlab turadi. Suv o’tkazish - qobiliyati gazlamalarning suv o’tkazishga harshilik qobiliyati. Suv o’tkazmaslik maxsus gazlamalarga muo’imdir. Chang tortish- xossasi bu gazlamalarning kirlanishi. U tolaning tarkibiga, zichligiga, pardozlanishiga boo’liq. Chang oluvchanlik bo’yicha tukli gazlamalar eng yuqori ko’rsatkich beradi. Shishali gazlamalar changni umuman tortmaydi. Changni gilam va gilam maxsulotlari juda yaxshi tortadi, sababi ular o’am tukli. Ularni tozalash va qoqish qiyin. Download 51.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling