O’simliklarni himoya qilish


Download 83.18 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi83.18 Kb.
#1230215
Bog'liq
1-мавзу

O’simliklarni himoya qilish

Kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsad vazifalari, rivojlanish tarixi

Reja:

1.Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalari biologiyasi, ekologiyasi va unga qarshi kurash choralari, fan sifatida rivojlanish tarixi.

2."O‘simliklarni ximoya qilish" to‘g‘risidagi qonun. Bu fanni rivojlanishga xissa qo‘shgan olimlarning ishlari.

3.Xasharotlarni biologiyasi va ekologiyasi o‘simliklarni uygunlashgan ximoya qilishda axamiyati.Chala va to‘liq o‘zgaruvchan hasharotlarning turlari.

1.Qishloq xo‘jalik o‘simliklarni zararkunandalar biologiyasi, ekologiyasini va unga qarshi kurash choralarini fan sifatida rivojlanish tarixi.

  • Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini pasaytiradigan omillardan biri zararli hasharotlardir. Shuning uchun o‘simliklarni ulardan himoya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalaning muhimligini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 2000 yil 31 avgustdagi II-chaqiriq III sessiyasida "Qishloq ho‘jalik ekinlarini zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilish" to‘g‘risida qabul qilingan qonun ham tasdiqlaydi.
  • Qishoq ho‘jalik ekinlarini hasharotlardan to‘g‘ri himoya qilish, mahsulotlarni saqlab qolishni, ularning tarqalishi, zarar keltirishi me’yorini, bioekologiyasini umumiy entomologiya o‘rganadi. '

Qishloq ho‘jalik entomologiyasi fanining asosiy vazifasi hosilni zararli hasharotlar ta’siridan saqlab qolishdan iborat bo‘lib, u o‘simliklarning zararkunandalarga chidamli navning xossalari, agrotexnika darajasi, almashlab ekishdagi o‘rni, agrobiologik omillarni va kurash choralarni o‘rganishdan iboratdir.
Har yili zararkunanda hasharotlar qishloq ho‘jaligiga katta zarar etkazadi. Ularga qarshi kurashilgan taqdirda hatto bir yoki ikki turdagi zararkunanda, o‘simlikshunoslikning ma’lum sohasida 50-60% va ayrim hollarda undan ham ko‘proq zarar etkazishi va sohani iktisodiy samarasiz kilib qo‘yishi mumkin.
Jahonda xar yili qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining 30% dan ortig‘i zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar zararidan nobud bo‘ladi. Rivojlangan davlatlarda bunday nobudgarchilik 20-25% ni tashkil etsa kam rivojlangan davlatlarda 40 hatto 50% gacha etadi.
Ma’lumki, biologiya fanini rivojlanishda shved olimi K. Linneyning hissasi katta chunki u birinchi bo‘lib, hayvonot va o‘simlik dunyosi sistematikasini yaratdi va unga ikkilamchi nom berdi. Bular ichida hasharotlar ham bor edi
Hasharotlar anatomiyasi va biologiyasini tabiatshunoslik R.A.Reomyur (1683-1757) o‘rgangan. Keyinchalik E.K.Brandtning (1839-1891) hasharotlar-ning nerv sisitemasini o‘rganishi, A.O. Kavalevskiy (1840-1901) va I.I. Mechnikovning (1823-1916) fiziologik o‘zgarishdagi izlanishlarni Umumiy entomologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shildi. XX asr bo‘sagasida va asr oxirida hasharotlar sistematikasini o‘rganish juda rivojlandi. G.G. YAkobson (1871-1916) to‘xri qanotlilar va qo‘ng‘izlarni o‘rgandi. A.K. Mortvilko (1867-1938) o‘simlik bitlari sistematikasi va bioekologiyasini o‘rganish sohasidagi ishlar bilan dunyoga mashhur bo‘ldi.
O‘zbekistonda chet ellik olimlar bilan bir qatorda F.V. Oshanin, va R.A. Olimjonovlar yarim qattiq qanotlilarning tur tarkibi, tarqalishi va xo‘jalik ahamiyatini o‘rganib, qo‘shni davlatlarga ham amaliy yordam berdilar. V.V. Yaxontovning "O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari" (1962), A.I. Plotnikovning "O‘rta Osiyo o‘simliklariga zarar yetkazadigan hasharotlar". Hozirgi kungacha entomologlar diqqatiga sazovordir.Mustaqil Respublikamiz aholisini ekologik toza, arzon va yuqori sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashda va sanoatga yuqori sifatli xom ashyo yetkazib berishda, qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazadigan organizmlarni biologiyasini o‘rganish va ularga qarshi kurash choralarini olib borish muhim o‘rinni egallaydi.
To‘g‘ri qanotlilar turkumi. Hozirgi vaqtda yer yuzida to‘g‘ri qanotlilarning 20 mingdan ortiq turi bo‘lib, shulardan 524 dan ortig‘i Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Bu guruhga mansub hasharotlarning orqa oyog‘i juda yaxshi rivojlangan. Sakrashga moslashgan. Hasharot o‘rtacha kattalikda, boshi cho‘ziq, uzun antenasi bor. Yaxshi rivojlangan murakkab va oddiy ko‘zchalari bor.
Yarimqattiq qanotlilar turkumi. (Hemiptera) Bu turkumga mansub qandalalarning og‘iz tuzilishi sanchib so‘rishga moslashgan, shu bilan birga xartumchasi boshining old qismidan orqaroqda; burtchalari to‘rt-besh bo‘g‘imli; qanotlari har xil: oldingilarining asosiy qismi terisimon, tepa qismi esa pardasimon, keyingilari pardalidir. Qanotlari orqasiga ko‘ndalang joylashadi. Qandalalarning bir necha turi: dala, beda qandalasi va boshqalar g‘o‘zaga zarar yetkazadi. Lekin foydali entomofag hisobidagi kandalalar ham oz emas.
Download 83.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling