3.4. O’sish va rivojlanishni boshqaruvchi moddalarni samaradorligi.
Yuqorida qayt qilingandek, qishloq xo’jaligida ekinlarni o’sish va rivojlanishini boshqarishni bo’yicha ishlab chiqarilgan moddalar xilma-xil bo’lib, ularni ishlatish muddatlari, me’yorlari usullari ham turlichadir.
Yer malhami - O’zbekistonda ishlab chiqarilgan. Tarkibida azot to’plovchi bakteriyalar mavjud. Yer malhami tuproq unumdorligini oshirish maqsadida ekin ekiladigan tuproqlarga har gektar yer hisobiga 1,0-1,2 litr ekinlarning o’suv davrida tuproqqa solinadi.
Kompozau-M - tarkibida etefon ta’sir qiluvchi fitogarmon bo’lib hisoblanadi. Germaniyani Bitterfeld firmasining mahsuloti. Asosan g’allachilikda foydalaniladi. G’allachilikda o’simlikni yotib qolishdan saqlaydi. Boshoq chiqarishdan 10-12 kun oldin preparatni 0,5%li eritmasi purkaladi. Ishchi eritmasining sarfi 150-300 l/ga. Kompozan-M bir gektarga 1,0-1,5l sarflanadi. Oq rangli modda bo’lib, namni yutish xususiyatiga ega, suvda yaxshi eriydi. Atiston va spirtda juda yaxshi eriydi. Ishqoriy muhitda tez parchalanadi. Po’lat va alyiminli idishlarda korroziyalanadi. Preparat 60%li eritma holida ya’ni 600 gramm ta’sir qiluvchi modda 1 litr suvga eritilgan holda ishlab chiqariladi va yetkazib beriladi. Bu modda inson va issiq qonli hayvonlarga ham zaharli Y.D.50=3000 m/kg. Asalari va boshqa foydali hashorotlar uchun zararsiz.
Prep - fransiyaning “Rou-Pulenk” firmasida ishlab chiqarilgan. Tarkibi- etefon bo’lib, paxtachilikda ko’saklarni yetishishini tezlashtirish uchun ishlatiladi. Modda sarfi 1,0-2,0 l/ga bo’lib, har bir tup g’o’zada 1-2 ko’sak ochiganda sepiladi.
G’o’zani o’sish va rivojlanishini boshqarishni preparatlarini chekonka va hosildorlikka ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |