O'simliklarni o'stirish regulyatorlari


O’sish va rivojlanishni boshqaruvchi moddalarni samaradorligi


Download 79.18 Kb.
bet17/20
Sana26.11.2021
Hajmi79.18 Kb.
#177627
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
o'sish

3.4. O’sish va rivojlanishni boshqaruvchi moddalarni samaradorligi.

Yuqorida qayt qilingandek, qishloq xo’jaligida ekinlarni o’sish va rivojlanishini boshqarishni bo’yicha ishlab chiqarilgan moddalar xilma-xil bo’lib, ularni ishlatish muddatlari, me’yorlari usullari ham turlichadir.

Yer malhami - O’zbekistonda ishlab chiqarilgan. Tarkibida azot to’plovchi bakteriyalar mavjud. Yer malhami tuproq unumdorligini oshirish maqsadida ekin ekiladigan tuproqlarga har gektar yer hisobiga 1,0-1,2 litr ekinlarning o’suv davrida tuproqqa solinadi.

Kompozau-M - tarkibida etefon ta’sir qiluvchi fitogarmon bo’lib hisoblanadi. Germaniyani Bitterfeld firmasining mahsuloti. Asosan g’allachilikda foydalaniladi. G’allachilikda o’simlikni yotib qolishdan saqlaydi. Boshoq chiqarishdan 10-12 kun oldin preparatni 0,5%li eritmasi purkaladi. Ishchi eritmasining sarfi 150-300 l/ga. Kompozan-M bir gektarga 1,0-1,5l sarflanadi. Oq rangli modda bo’lib, namni yutish xususiyatiga ega, suvda yaxshi eriydi. Atiston va spirtda juda yaxshi eriydi. Ishqoriy muhitda tez parchalanadi. Po’lat va alyiminli idishlarda korroziyalanadi. Preparat 60%li eritma holida ya’ni 600 gramm ta’sir qiluvchi modda 1 litr suvga eritilgan holda ishlab chiqariladi va yetkazib beriladi. Bu modda inson va issiq qonli hayvonlarga ham zaharli Y.D.50=3000 m/kg. Asalari va boshqa foydali hashorotlar uchun zararsiz.

Prep - fransiyaning “Rou-Pulenk” firmasida ishlab chiqarilgan. Tarkibi- etefon bo’lib, paxtachilikda ko’saklarni yetishishini tezlashtirish uchun ishlatiladi. Modda sarfi 1,0-2,0 l/ga bo’lib, har bir tup g’o’zada 1-2 ko’sak ochiganda sepiladi.

G’o’zani o’sish va rivojlanishini boshqarishni preparatlarini chekonka va hosildorlikka ta’siri.




Download 79.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling