O'simliklarni vegetativ ko'paytirish usullari mundarija kirish I bob. O’simliklarning ko’payishi haqida tushuncha
Jinsiy ko’payish ko’payishi haqida umumiy ma’lumot
Download 135.81 Kb.
|
mahlubax
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug‘ yordamida ko‘payish.
1.2. Jinsiy ko’payish ko’payishi haqida umumiy ma’lumot
Bu usul jinssiz ko’payishdan tubdan farq qilib, turlarning evolyutsiyasida muhim biologik ahamiyatga ega. Jinsiy ko’payishda maxsus jinsiy hujayralar, ya’ni gametalar qatnashadi. Jinsiy ko‘payishda qo‘shiladigan hujayralar jinsiy hujayra -gametalar deb ataladi. Gameta grekcha “gamete”-xotin, “gametes”-er degan so‘zdan olingan. Gametalar orasidagi fiziologik farq shundan iboratki, bir gameta urg‘ochi, ikkinchisi esa erkak hisoblanadi. Gametalar gaploid bo’lib, bir yoki har xil organizmda paydo bo‘lishi mumkin. Ular qo‘shilib bitta hujayra - zigotani vujudga keltiradi va diploid nabor tiklanadi. Yangi organizm bu zigotaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Agar gametalar bir-biri bilan qo‘shilmasa, yangi organizmni hosil qiluvchi zigota vujudga kelmaydi va ular halok bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish o‘simliklar dunyosining tuban va yuksak vakillari uchun xosdir. O‘simliklarda jinsiy ko‘payish konyugatsiya va kopulyatsiya deb ataladigan ikki tipga bo‘linadi. Konyugatsiya yo‘li bilan ko‘payishda o‘zaro yaqin turgan ikki hujayraning qarama-qarshi tomonidan maxsus o‘simta hosil bo‘lib, ular bir-biriga qarab o‘sadi. O‘simtalar uchrashishi bilan ular o‘rtasidagi parda erib kanalchani hosil qiladi. Hujayraning biridagi protoplast ikkinchisiga kanalcha orqali o‘tadi va yadro bilan yadrosi, sitoplazma bilan sitoplazma qo‘shiladi, natijada zigota hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zigota ustidan yangi qalin po‘st qoplanadi hamda noqulay sharoitdan o‘zini saqlaydi. Qulay sharoitning hosil bo‘lishi bilan undan yangi organizm vujudga keladi. Bunday ko‘payish ko‘pincha spirogira suv o‘tida uchraydi. Kopulyatsiya yo‘li bilan jinsiy ko‘payish xologamiya, izogamiya, geterogamiya va oogamiya kabi shakllarida o‘tadi. Kopulyatsiya lotincha so‘z bo‘lib juftlashish degan ma’noni bildiradi. Eng oddiy usuldagi jinsiy ko‘payishda ba’zi bir hujayrali suvo‘tlarda hujayra maxsus po‘stga ega bo‘lmagani uchun taraqqiyotning ma’lum davrida ushbu hujayra gametalar rolini bajarishi mumkin. Bu usuldagi jinsiy ko‘payish xologamiya deb ataladi. Izogamiya grekcha so‘z bo‘lib “izos”-teng, “gomeo”- nikohlanaman, degan ma’noni bildiradi. Kattaligi va shakli bir-biridan farq qilmaydigan erkak va urg‘ochi gametalarning xivchini bo‘lib, uning yordamida suvda tez suzib harakatlana oladi.. Ular bir-biri bilan qo‘shilganda xivchinsiz bitta hujayra - zigota hosil bo‘ladi. Bu hujayra keyinroq qalin po‘stga o‘ralib, o‘zini noqulay sharoitdan asraydi. Bunday ko‘payishni yashil suvo‘tlaridan ulotriksda ko‘rish mumkin. Geterogamiya ham grekcha “geteros” har xil, “gomeo” nikohlanaman degani. Bunda gametalar o‘zining katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi. Xivchinli ikkala gameta ham bemalol harakat qiladi. Ularning kichikrog‘i erkak gameta mikrogameta, yirikrog‘i esa urg‘ochi makrogameta hisoblanadi. Mikrogameta makrogametaga nisbatan harakatchan bo‘ladi. Ikkalasi qo‘shilganda zigota hosil bo‘ladi. Ko‘payishning bu xili xlamidomonada yashil suv-o‘tida kuzatiladi. Oogamiya. Jinsiy ko‘payishning bu shakli oogamiya bo‘lib, grekcha “oog” tuxum, “gomeo”-nikohlanaman degan ma’noni bildiradi. Oogamiyada urg‘ochi gameta yirik va qo‘zg‘almas, erkak gameta esa juda mayda hamda harakatchan bo‘ladi. Urg‘ochi gametaning xivchini bo‘lmaydi, u tuxum hujayra deb ataladi. Spermatozoid yoki sperma deb ataladigan erkak gametaning esa xivchini bo‘ladi. Oogamiya yashil suv o‘tlarida hamda qo‘ng‘ir suv o‘tlaridan fikusda uchraydi. Ko‘pchilik tuban o‘simliklar va barcha yuksak o‘simliklar oogamiya yo‘li bilan ko‘payadi. Urug’li o‘simliklarda erkaklik gametalari harakatchanlik xususiyatini yo’qotgan, shuning uchun ular spermiylar deyiladi. O‘simliklarda gametaning hosil bo‘ladigan joyi gametangiya deyiladi. Tuban o’simliklarda tuxum hujayra hosil bo’ladigan gametangiy bir hujayrali bo‘lib oogoniy, yuksak o’simliklarda esa ko‘p hujayrali bo‘lib arxegoniy deb ataladi. Erkak gametangiylar har ikkala guruhdagi o’simliklarda ham anteridiy deyiladi. Agar jinssiz ko‘payishda yangi organizm o‘z irsiy belgilarini bir hujayra (spora) bilan tiklasa, jinsiy ko‘payishda irsiy belgilar ikkita (otalik va onalik) hujayra asosida ifodalaydi. Shuning uchun ham jinsiy hujayralarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan organizm ikkita moslashuvchi nasliy belgilarga ega bo‘ladi. Bunday organizm noqulay sharoitlarga chidamlidir. Bu uning yer yuzining ko‘pchilik hududlariga tarqalishga sabab bo‘lgan. Yuksak o’simliklar tuban o’simliklardan farqlanib, ularning zigotasi ko’p hujayrali murtakni hosil qiladi. Ayrim o‘simliklar faqat jinssiz, ayrimlar esa jinsiy, lekin uchinchi xil o‘simliklar borki, ular ham jinsiy, ham jinssiz ko‘payadi. Nasllarning gallanishi organizmning yashash davrida ikki xil nasl paydo bo‘lishi va ikki xil yo‘l bilan ko‘payishidir. Bu ularning biri jinsiy, ikkinchisi esa jinssiz ko‘payishdir. Jinsiy nasl gametofit, jinssiz nasl esa sporafit deb ataladi. Sporalarning o‘sishidan hosil bo‘lgan nasl - gametofit gaploid (n) xromosomlidir, chunki ular meyoz yo‘li bilan bo‘linib, hujayralar hosil qiladi. Biroq, gametofitda keyingi bo‘ladigan jinsiy jarayonda ikkita jinsiy hujayra - gametaning qo‘shilishi natijasida diploid (2n) xromosomali zigota hosil bo‘ladi (2-rasm). Zigotaning o‘sishidan hosil bo‘lgan jinssiz nasl - sporofit ham diploidli, lekin ular hosil qilgan sporalar yana gaploidli bo‘ladi. Shunday qilib, o‘simliklarda dastlab jinsiy ko‘payish, keyinroq jinssiz ko‘payish sodir bo‘ladi. Demak, yil davomida ana shunday ikki xil ko‘payishni gallanib (navbatlashib) ko‘payish deyiladi. Gallanib ko‘payishni yo‘sintoifalar, plauntoifalar, qirqbo‘g‘imtoifalar va qirqquloqtoifalarda uchratamiz. 2-rasm. O’rmon qirqqulog’ining (Dryopteris filix mas) taraqqiyot davrlari: A – umumiy ko’rinishi; B – barg bo’lagining ostidagi soruslarini ko’rinishi; C – sorusning ko’ndalang kesimi; D- sporaning o’sishi; E – ikki jinsli gametofit o’simtaning ostki tamoni; F – arxegoniy; J – anteridiy, chiqayotgan ko’p xivchinli spermatozoidlar; H- yosh o’simlik: 1 – soruslar; 2 – sporangiyalar; 3 – platsenta; 4 – induziy pardasi; 5 – rizoidlar; 6 – arxegoniy; 7 – anteridiy. Urug‘ yordamida ko‘payish. Urug‘li o‘simliklar sporali o‘simliklardan farqlanib, spora yordamida emas, balki urug‘ yordamida ko‘payadi. Urug‘ sporaga nisbatan bir necha afzalliklarga ega. Sporali o‘simliklarda spora bitta, uncha yaxshi himoyalanmagan hujayradir. U qulay sharoitga tushgandagina o‘sib gametofit rivojlanadi. Urug‘ esa bu ko‘p hujayrali murakkab tuzilishdagi ona o‘simlikda rivojlanadigan ma’lum miqdorda zahira oziq moddalar va qalin po‘stga ega. Urug‘dan murakkab tuzilishdagi yangi o‘simlik, ya’ni sporofit rivojlanadi. Urug‘ning kelib chiqishi o‘simliklar dunyosining evolyutsiyasida muhim davr hisoblanadi. Urug‘ o‘simlik murtagini uzoq vaqtlargacha noqulay sharoitlardan himoya qilish imkonini yaratadi. Urug‘li o‘simliklar gametofit naslning yanada reduksiyalanishi va sporofitni esa murakkablashishi kuzatiladi. Gametofit nasl o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Endi u tuproqda emas, balki sporofit naslda rivojlanadi. Urug‘lanish jarayoni ham suv muhitiga muhtoj emas. Erkak gametalar harakatchanligini yo‘qotadi va urg‘ochi gametaga chang yo‘li orqali yetib boradi. Urug‘li o‘simliklarni har xil sporali o‘simliklarga kiritiladi. Sporofit naslda meyoz bo‘linish natijasida meyosporalar bilan birga mikro- va megasporalar hosil bo‘ladi. Ammo mikro-megasporalar tashqariga sochilmaydi, aksincha sporangiylar ichida o‘sadi. Shunday qilib, erkak va urg‘ochi gametalarning rivojlanishi mikro-va megasporangiyalar ichida boradi. Urug‘ urug‘kurtakdan kelib chiqadi. Urug‘kurtak shakli o‘zgargan megasporangiydir. Uning ichida esa urg‘ochi gametofit rivojlanadi va urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Keyinchalik zigota va yangi sporofit naslning murtagi shakllanadi. Urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtak urug‘ga, uning tashqi qobiqlari urug‘ yetilgan vaqtda urug‘ po‘stiga aylanadi. Zahira oziq moddalar esa ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o‘simliklarda turli yullar bilan hosil bg‘ladi. Yuksak o‘simliklarning ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilar bo‘limlari birgalikda urug‘li o‘simliklar deb ataladi. Ular spora bilan emas, urug‘ yordamida ko‘payadilar va tarqaladilar. Download 135.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling