O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 55 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi55 Kb.
#1404979
  1   2   3
Bog'liq
osimliklarning osishi rivojlanishi ho


Aim.uz

O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatiga ta’sir qiluvchi omillar
Reja

  1. Ekinlarning o’sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar

  2. Ekinlar hosili va sifatini boshqarish.

  3. O’simliklarga tashqi omillarning ta’siri.

Ekinlar biologiyasi ularni yetishtirish texnologiyasining nazariy asosidir. Dala ekinlari tashqi muhit omillari – yorug’lik, harorat, tu­p-roq va havo namligi, tuproqdagi oziqa elementlari ta’sirida doimo sutkalik, mavsumiy va yillar bo’yicha o’zgarib turadi. ekinlarning bio­logiyasini o’rganishda bir qator atamalar qo’llaniladi.
O’sish – o’simlik organlarining miqdoriy (bo’yi, hajmi, vazni) o’zgarishi bo’lib, qaytmaydigan jarayondir.
Rivojlanish – o’simliklarda reproduktiv organlarning shakl­la­nishi, ontogenez jarayonining bir davridan keyingisiga o’tishi, o’simliklardagi sifat o’zgarishlari.
Ontogenez – organizmning individual rivojlanishi bo’lib, o’simliklarda urug’ unib chiqqandan tabiiy nobud bo’lishgacha bo’lgan davr.
O’suv davri – bir yillik ekinlarda ekishdan pishishigacha bo’lgan davr. Ko’p yillik ekinlarda kurtaklar hosil bo’lishidan kuzgi o’sish to’xtaguncha bo’lgan muddat.
O’sish davri – bir yillik ekinlarda unib chiqishdan shonalashgacha, ko’p yillik ekinlarda bahorda o’sish boshlanishdan shonalashgacha bo’lgan davr.
Generativ davr – ekinlarda shonalashdan to’la pishish fazasigacha bo’lgan davr.
Organogenez – ontogenez davridagi rivojlanish davrlarining ketma-ket o’zgarishi.
Fitotsenoz – (fito – o’simlik, tsenoz – jamoa) – o’simliklar maj­muasi. Tabiiy fitotsenoz – tabiatdagi ko’p turli o’simliklar majmuasi.
Agrotsenoz – inson tomonidan yaratilgan bir yoki ko’p turli mada­niy o’simliklar majmuasi.

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling