O‘simlikshunoslik fani amaliy mashg‘ulot darsi uchun tarqatma material Mavzu: Moyli va tolali ekinlarning morfologiyasi
Download 474.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Tolali va moyli ekinlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ildiz
Kanakunjut
Kanakunjut -R icinus avlodiga Euphorbiacae oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Shu avlodga mansub 3- ta turi aniqlangan: 1) mayda mevali-R.microcarpus .Pop. 2) yirik meval -R/macrocarpus G.Pop. 3) zanzibar kanakunjuti -R/zanzibarirur G.Pop (Ricinus communis L.) Yirik mevali kanakunjutning tarqalgan asosiy turlari: 1)Ricinus macrocarpus ssp.persicus G.Pop. -Eron kanakunjuti 2)qizil kanakunjuti -Ricinus macrocarpus ssp.sanguines G.Pop 3)Xitoy kanakunjuti -Ricinus macrocarpus ssp. Chinensis G.Pop. Ildiz -o‘q ildizli, tuproqga 2-4 m chuqurlikga kirib boradi, yon tomonga 1,5-2,0 m.ga yoyiladi. Poyasi -o‘tsimon, ichi kavak, tik o‘sadi, yuzasi egatchali, ayrimlari mum g‘ubor bilan qoplangan.Poyaning diametri 2,5-5,0 sm., balandligi o‘z vatanida (tropik mintaqasida)6-10 m. gacha bo‘ladi.Bizning sharoitimizda 2-3 m.Poya shoxlanadi.Poya va yon shoxlar turli rangda bo‘ladi: yashil,pushti,qizil, binafsha, qora rangli Barglari yirik, qalqonsimon, uzun bandli (25-60 sm), bargi 7-11 ta bo‘laklara bo‘lingan.Rangi yashil, antotsianli bo‘lishi mumkin.Bargning diametri 25-75 sm bo‘ladi. Guli mayda, yashil, gulto‘plami shingil, shakli ponasimon. Guli 5-ta gultojibargidan iborat.Gullari ayrim jinsli.Erkak gullarida changchilar soni ko‘p bo‘ladi.Urg‘ochi gullarida uch uyali tuguncha 3-ta tumshuqchasi bilan mavjud.Erkak va urg‘ochi gullari bir gulto‘plamda bo‘ladi.Gulto‘plamning uchki qismida urg‘ochi gullari, pastki qismida erkak gullari joylashadi.Gulto‘plamning uzunligi 10-30 sm, ba’zan 70 sm.gacha bo‘ladi. Mevasi - uch uyali ko‘sakcha, har uyasida bitta urug‘ bo‘ladi.Ko‘sakchalari yirik, sharsimon, diametri 2-3 sm.,yuzasi tikonli yoki tikonsiz bo‘ladi.Ko‘sakchalarining rangi har xil-yashil, pushti, qizil, jigar rang. Ayrim navlarda ko‘sakchalar yetilganda chatnaydi yoki ko‘sakchasi uyalariga bo‘linadi. Urug‘i - tuxumsimon, ikki yonida biroz siqilgan, yaltiroq, mo‘rt po‘stli bo‘ladi. Urug‘ining uchida so‘rg‘ichsimon o‘simta- korunkula bor. U urug‘ o‘simtasi deb ataladi.Bu o‘simta och sariq, och kul yoki pushti naqshi bo‘ladi. Urug‘i yirik, 1000-tasining vazni 150-500 g. keladi, tarkibida 40-57% moy bo‘ladi. Download 474.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling