Oʻsishni boshqaruvchi moddalar
Download 18.1 Kb.
|
O
Oʻsishni boshqaruvchi moddalar — oʻsimliklarning generativ va oʻsish jarayonlarini jadallashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi (susaytiruvchi) bir qator tabiiy va sintetik birikmalar. Oʻsishni tezlashtiruvchi moddalar (oʻsish stimulyatorlari) va oʻsishni toʻxtatuvchi moddalar (oʻsish ingibitorlari)ga boʻlinadi. Qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berishda qoʻllaniladi. Tabiiy oʻsishni tezlashtiruvchi moddalarga fitogormonlar, shuningdek, baʼzi vitaminlar; sintetik oʻstiruvchi moddalarga geteroauksin va uning analoglari, indolilmoy kislota va naftilatsetat kislota, maleinat kislota gidrozidi, suksinat kislota kiradi. Oʻsishni toʻxtatuvchi moddalarga oʻsimliklarda turli xil kimyoviy, biokimyoviy, fiziologik jarayonlar (urugʻning unishi, poya va uning ayrim qismlarining oʻsishi, barglarning toʻkilishi va boshqalar) tormozlanishida faol ishtirok etadigan moddalar kiradi. Tabiiy va sunʼiy oʻsish ingibitorlari farqlanadi. Tabiiy yoki endogen oʻsish ingibitorlariga abssizat kislota, skopoletin, eskuletin, kumarin, salitsil kislota, poksibenzoat kislota va boshqalar kiradi. Tabiiy oʻsish ingibitorlari oʻsimliklar kuzda oʻsishdan toʻxtab, tinim holatga oʻtish davrida ularning kurtak va urugʻlarida toʻplanadi. Koʻklamda oʻsish ingibitorlari miqdori keskin kamayadi. Sintetik oʻsish ingibitorlariga sianidlar, mishyakli preparatlar, gidrazin, simob va boshqalar ogʻir metallar kiradi. Ularning fitogormonlardan auksinlar, gibberellinlar va sitokininlar faolligini yoʻqotish xususiyatiga egaligi isbotlangan. Sintetik Oʻsishni boshqaruvchi moddalarm. golland fitofiziologi F.Kegel tomonidan auksin moddasi (indolilatsetat kislota) sintez qilingandan keyin (1931—35) paydo boʻla boshladi. Keyinchalik auksin asosida bir qator yuqori biol. faol preparatlar sintez qilindi. Indolilmoy va naftilatsetat kislotalari Oʻsishni boshqaruvchi moddalarm. orasida eng yaxshi preparatlar hisoblanadi. Ekishdan oldin auksin, gibberellin va vitaminlar bilan namlanganda ekilgan urugʻning unib chiqishi tezlashadi, ildiz sistemasi yaxshi rivojlanadi, hosildorligi koʻpayadi. Dehqonchiliqda Oʻsishni boshqaruvchi moddalarm. suvli eritma, pasta, emulsiya, dust, aerozol bugʻ holida ishlatiladi. Ular oʻsimliklarning gullashini tezlashtirishda, koʻpchilik madaniy oʻsimliklarni qalamchadan koʻpaytirishda, har xil meva va rezavorlar mevalarini yiriklashtirishda qoʻllaniladi. Vegetatsiya davrida (gʻovlab ketish sharoitlari) ayrim ekinlarning oʻsishini toʻxtatish maqsadida sintetik oʻsish ingibitori — xlorxolinxlorid qoʻllaniladi. O’SISHNI BOSHQARUVCHI MODDALAR — o’simliklarning generativ va o’sish jarayonlarini jadallashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi (susaytiruvchi) bir qator tabiiy va sintetik birikmalar. O’sishni tezlashtiruvchi moddalar (o’sish stimulyatorlari) va o’sishni to’xtatuvchi moddalar (o’sish ingibitorlari)ga bo’linadi. Qishloq xo’jalik ekinlariga ishlov berishda qo’llaniladi. Tabiiy o’sishni tezlashtiruvchi moddalarga fitogormonlar, shuningdek, ba’zi vitaminlar; sintetik o’stiruvchi moddalarga geteroauksin va uning analoglari, indolilmoy kislota va naftilasetat kislota, maleinat kislota gidrozidi, suktsinat kislota kiradi. O’sishni to’xtatuvchi moddalarga o’simliklarda turli xil kimyoviy, biokimyoviy, fiziologik jarayonlar (urug’ning unishi, poya va uning ayrim qismlarining o’sishi, barglarning to’kilishi va boshqalar) tormozlanishida faol ishtirok etadigan moddalar kiradi. Tabiiy va sun’iy o’sish ingibitorlari farqlanadi. Tabiiy yoki endogen o’sish ingibitorlariga abssizat kislota, skopoletin, eskuletin, kumarin, salisil kislota, poksibenzoat kislota va boshqalar kiradi. Tabiiy o’sish ingibitorlari o’simliklar kuzda o’sishdan to’xtab, tinim holatga o’tish davrida ularning kurtak va urug’larida to’planadi. Ko’klamda o’sish ingibitorlari miqdori keskin kamayadi. Sintetik o’sish ingibitorlariga tsianidlar, mishyakli preparatlar, gidrazin, simob va boshqalar og’ir metallar kiradi. Ularning fitogormonlardan auksinlar, gibberellinlar va tsitokininlar faolligini yo’qotish xususiyatiga egaligi isbotlangan. Sintetik O’sishni boshqaruvchi moddalar golland fitofiziologi F.Kegel tomonidan auksin moddasi (indolilasetat kislota) sintez qilingandan keyin (1931-35) paydo bo’la boshladi. Keyinchalik auksin asosida bir qator yuqori biol. faol preparatlar sintez qilindi. Indolilmoy va naftilasetat kislotalari O’sishni boshqaruvchi moddalar orasida eng yaxshi preparatlar hisoblanadi. Ekishdan oldin auksin, gibberellin va vitaminlar bilan namlanganda ekilgan urug’ning unib chiqishi tezlashadi, ildiz sistemasi yaxshi rivojlanadi, hosildorligi ko’payadi. Dehqonchiliqda O’sishni boshqaruvchi moddalar suvli eritma, pasta, emulsiya, dust, aerozol bug’holida ishlatiladi. Ular o’simliklarning gullashini tezlashtirishda, ko’pchilik madaniy o’simliklarni qalamchadan ko’paytirishda, har xil meva va rezavorlar mevalarini yiriklashti- rishda qo’llaniladi. Vegetasiya davrida (g’ovlab ketish sharoitlari) ayrim ekinlarning o’sishini to’xtatish maqsadida sintetik o’sish ingibitori — xlorxolinxlorid qo’llaniladi. Ad.: Imomaliyev A.I., Dehqonchilikda o’sish regulyatorlarini qo’llash, T., 1965; Polevoy V.V., Fitogormonm, M., 1984. Download 18.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling