Osiyo davlatlari
Download 161 Kb.
|
Geogreferat
Fransiya
Fransiya (France), Fransiya Respublikasi (République Française) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 547,03 ming km². Aholisi 65,7 mln. kishi (2012). Poytaxti — Parij sh. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. F. tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna o.lari va b.), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor. F. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1958 y. referendum da qabul qilintan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridantoʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi xrkimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. F.ning sharq va jan.da togʻ tizmalari, markazining jan. qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. F.dagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 m gacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shim,sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, F.Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda bal. 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. F. va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi F. tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. F.da foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom ashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam mikdorda. Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz ikdimi. f. iqlimi q.x. uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shim.da Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻʼtadil iklimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz soxdllari, Yura, Rona pasttekmsliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shim.sharkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvarfev.da oʻrtacha t-ra 13°, gʻarb va jan.gʻarbda 5—7°, mamlakat jan.da 8—10°. Iyul va avg .da tekisliklarda 16—18°, shim.da 20—22°, jan. gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng kupi (1500–2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. F.da koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya xududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang , chimli kulrang , qoʻngʻir rendzin, kulrang xamda "terra rossa" deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20% ni tashkil etadi. Shim.da keng bargli urmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxurak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, jan. da qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliklar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va b.), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi). Aholisining 90% dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring , katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va b.) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73%. Aholining 80% xristian (katolik), 5% ga yaqini musulmon, 2% protestant, 1% yaxudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg , Bordo, Monpelye, Lill. F. hududida odam juda kddim zamondan, taxm. 1 mln. yildan buyen yashab keladi. Mil. av. 6—5-a.larda F. hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Mil. av. 2-a. oxiri — 1-a. Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Mil. 2—4-a.larda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-a.larda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi ("Fransiya" franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan F. mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-a.dan mamlakat "F." deb atala boshladi. 1302 y. dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. F. bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida i.ch. va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-a. 2yarmida F. iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-a.lardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. F. qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (q. Oʻttiz yillik urush). 17-a.ga kelib F. mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-a.ning 2yarmida F.Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701— 1714) va nihoyat Yetti yillik urush (1756—1763) natijasida F.ning Shim. Amerika (Kanada va b.) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-a.larda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-a. oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792 y. 22 sent.da F.da respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793 y. 24 iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—1795) va Direktoriya rejimi (1795—1799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804 y.dan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida F. kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, F. hududi birmuncha kengayib, Yevropada F.ga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, F.ning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830 y.larda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815 y. martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815 y. 18 iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, F. 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830 y. Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. F.da monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi. 1848 y. fevral inqilobi natijasida F.da Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851 y. 2 dek.da boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852 y. 2 dek.da u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771 y.lardagi F. — Prussiya urushida F. yengilib turgan sharoitda (1870) Sent. inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. F. respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Download 161 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling